So’nggi yangiliklar

18:41"Реал Сосьедад" — "Реал Мадрид". Таркиблар маълум  1 18:00"Қўқон-1912" — "Қизилқум" 1:1 (матнли трансляция)  7 17:57Суперлига. "Пахтакор" – "Нефтчи". Таркиблар маълум  12 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:43"Арсенал" — "Ноттингем Форест". Таркиблар маълум  14 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  15

"So'g'diyona" darvozasiga penalti to'g'ri belgilandimi? Rossiyalik ekspertimizdan hakamlik tahlili Yangiliklar

"So'g'diyona" darvozasiga penalti to'g'ri belgilandimi? Rossiyalik ekspertimizdan hakamlik tahlili

Sobiq hakam bahsli hakamlik qarorlarini tahlil qildi.

Championat.Asia'ning hakamlik bo'yicha eksperti, rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaev ("Alyo, ref!") Superliga 19-tur o'yinlaridagi bahsli hakamlik qarorlarini tahlil qildi. Eslatib o'tamiz, turning ikki o'yini noyabrga ko'chirildi: "Turon" - "Neftchi" va "Buxoro" - "Olimpik".


✅ OKMK – "Metallurg"

VIDEO

Ushbu vaziyatda to'p "Metallurg" himoyachisining tabiiy holatda turgan qo'liga tegdi, ammo bir jihat bor. Agar o'yinchi statik holatda bo'lganida, penalti haqida gap ham bo'lishi mumkin emasdi. Ammo, "Metallurg" o'yinchisi elkasi bilan harakat qilmoqda va to'p qo'lga tekkan holda o'z parvozini to'xtatmoqda. Bunday epizodlar UEFAning ilmiy materiallarida bor va himoyachi tomonidan fol to'g'ri qaror deb ataladi. Hakamning harakatini qo'llab-quvvatlash kerak — penalti to'g'ri belgilandi.


✅ "Andijon" - "Navbahor"

VIDEO

So'zsiz, fol. "Navbahor" o'yinchisi o'yindan tashqari holatda turganda sakragan holda "Andijon" darvozaboniga halaqit bermoqda. Hujumchining darvozabon ko'rish yo'lini to'sgan yoki to'smagani muhim emas, bu talqinni XFAK tavsiyalaridan olib tashlashgan. Endilikda darvozabonga yaqin bo'lgan masofadan to'pga va to'pdan harakat erkin zarba bilan jazolanadi. To'g'ri qaror — o'yindan tashqari holat. O'zbekiston futbol hakamlari markazi tushuntirishiga qo'shilaman.


❌ "So'g'diyona" - "Paxtakor"

VIDEO

Menimcha, bu shunchaki ehtiyotsizlik tufayli odatiy fol. "Paxtakor" o'yinchisi to'pga birinchi bo'lib o'ynamoqda, "So'g'diyona" himoyachisi raqib tizza hududiga oyog'i bilan o'ynagan holda harakat qilmoqda. Himoyachi to'pga o'ynamadi, kontakt bor, kontaktning kuchayishi esa ko'rinmagan. Penalti belgilash kerak edi. VAR maydonda hakamning yaqqol xatosini aniqlash uchun etarli bo'lmagan takroriy vaziyatlar sifati sabab qo'shilmasligi mumkin edi.


❌ "So'g'diyona" - "Paxtakor"

VIDEO

Kichik kontakt, ammo vaziyatni "So'g'diyona" himoyachisi tomonidan qoida buzilishi deb hisoblagan hakam ko'z o'nggida. Hozirda bunday kontaktlar uchun penalti belgilamaslik tendenciyasi ketmoqda. Ammo, maydondagi hakam shiddatni yuqori deb hisoblamasa, VAR'ning uni qo'llab-quvvatlamaslikka haqqi yo'q. VAR'ning penalti belgilanmagan taqdirda ham hakamni monitorga chaqirmagan bo'lishiga ishonchim komil. Vaziyat hakamning o'zida, ammo ko'proq o'yinni davom ettirish qarori to'g'riroq.


✅ "Nasaf" - "Bunyodkor"

VIDEO

"Bunyodkor" himoyachisi "Nasaf" hujumchisi bilan parallel yugurmoqda va maydonga oyog'ini qo'ymoqda, keyinchalik esa hujumchi yiqilmoqda. O'yinchilar o'rtasida hech qanday kontakt yo'q edi. O'yinni davom ettirish - optimal qaror.


✅ "Nasaf" - "Bunyodkor"

VIDEO

Yakunlangan zarbadan keyingi o'yin kontakti. "Nasaf" darvozaboni qoidaga qarshi harakat qilmayapti - u to'pni bartaraf etish, to'xtatishga urinmoqda. Futbolchilar o'rtasida qoida buzilishi hisoblanmaydigan tabiiy o'yin holati yuzaga kelmoqda. Hakam hech bir tomonning folini qayd etmagan holda to'g'ri qaror chiqardi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика