So’nggi yangiliklar

20:00Суперлига. "Сўғдиёна" — "Насаф" 0:0 (матнли трансляция)  8 19:31Нуньес эндиликда "Милан"нинг ҳужумчи позицияси учун асосий номзодидир  0 19:00Суперлига. "Нефтчи" - "Бунёдкор" (матнли трансляция)  21 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0 18:34Эдерсон янги клуб билан келишувга эришди  1 17:34"Рома" янги ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  1 17:18Уларга ҳам амалиёт керак ёхуд U-23 терма жамоасини нималар кутмоқда?  3 16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  1 16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0 15:47"Барселона" ва "Реал" афсоналари Месси ўйнайдиган стадионда учрашади  0 15:20Аргентиналик юлдуз МЮни "Челси"га алмаштирмоқчи  2 14:53Илёс Зейтуллаев: "Орзу қилиш зарар қилмайди, охиригача курашамиз!"  0 14:25"Пахтакор" собиқ устози Саудия Арабистони клубида иш бошлади  4 14:01Моуриньо "Вильярреал"га йўл олди  4

“So'g'diyona”: “Buxoro” bilan o'yindan oldin yo'qotishlar ko'p Yangiliklar

“So'g'diyona”: “Buxoro” bilan o'yindan oldin yo'qotishlar ko'p

Teglar :  So'g'diyonaBuxoro
Xabarigiz bor,oliy liganing 29-tur bahslari doirasida “So'g'diyona” o'z maydonida “Qo'qon-1912” jamoasini qabul qildi va 2:1 hisobida g'alabaga erishdi.

Uchrashuvdan so'ng murabbiylar shtabi jamoaga qisqa muddatli tanaffus berdi. Bugun jamoa “So'g'diyona” qarorgohiga yig'ildi va navbatdagi turdagi raqibi “Buxoro”ga qarshi tayyorgarlikni boshladi.

Buxoroga qarshi bahsda jamoamiz tarkibida bir nechta yo'qotishlar bor. Jamoa posboni Muzaffar Abdullaev sariq kartochkalari soni 4 taga etganligi sababli bo'lajak uchrashuvni o'tkazib yuboradi. SHuningdek,“Qo'qon-1912” ga qarshi bahsda chetlatilgan Ixtiyor Toshpo'latov va Azamat Isroilov ham jamoaga yordam bera olmaydi.

Yoshlar tarkibida U-19 terma jamoasi vakili Nodir Qo'yboqov sariq kartochkalari soni 4 taga etganligi bois o'rinbosarlar bahsini o'tkazib yuboradi.

Eslatib o'tamiz, oliy liganing 30-turida “So'g'diyona” Buxoroda “Buxoro”ga qarshi bahs olib boradi. O'yin 25 noyabr kuni soat 14:00 da “Buxoro” stadionida bo'lib o'tadi.

“So'g'diyona” matbuot xizmati

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика