So’nggi yangiliklar

00:16"Байер" футболчисини "Бавария"га сотмоқда  0 23:50Илёс Зейтуллаев: "Бугун ютқазишга ҳақли эмасдик"  3 23:41Жамшид Саидов: "Ғалаба ҳар доим ёқимли"  0 23:16Тен Хаг Санчо билан мунозараси ҳақида: "Барчаси ортда қолди"  0 22:54Ибрагимович "Милан"даги фаолияти ҳақида: "Босим жуда катта. Нонуштага ҳам босимни еймиз"  0 22:37Расман: Довбик - "Рома" футболчиси  3 22:11Олимпиада. Испания Японияга имконият қолдирмади  21 22:00Суперлига. "Қизилқум" - "Бунёдкор" 1:0  0 21:40Суперлига. "Қизилқум" бу йил ҳисобидан иккинчи маротаба "Бунёдкор"дан устун келди  12 21:18Олимпиада. Марокаш АҚШ дарвозасига 4та гол урди ва ярим финалга чиқди  9 20:54Назорат учрашуви. "Динамо" - "Насаф" баҳсида ғолиб аниқланмади  0 20:35Жота - Роналду ҳақида: "Евро-2024 унинг термадаги сўнгги турнири деб ҳисобламайман"  0 20:17Эрик тен Хаг жароҳатлар ҳақида: "Бу ҳеч нимани ўзгартирмайди"  1 20:01Дуайт Йорк: "Хойлундда форвардга керак бўладиган Х-фактор йўқ"  0 19:37"Роналду билан ишлаш жуда осон эди" — Анчелотти  5

"So'g'diyona": Biz halol futbol tarafdorimiz! Yangiliklar

"So'g'diyona": Biz halol futbol tarafdorimiz!

Teglar :  So'g'diyona
So'nggi yillarda yurtimizda futbolimiz rivoji yo'lida o'lkan ishlar amalga oshirilmoqda.

Buning samarasi o'laroq nafaqat poytaxt, balkim viloyatlarda olib borilayotgan keng ko'lamli chora-tadbirlar o'zbek futbolining malum miqdorda bo'lsa-da oldinga siljishida sababchi bo'lmoqda. Yoshlar futboliga berilayotgan etibor ham asta-sekinlik bilan o'z o'rnini topib bormoqda.

Barchaga malumki, Jizzax futboli azaldan o'z mavqei va o'z o'rniga ega. O'sha sovet davridagi birinchiliklarda ham yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan. Milliy chempionatimizdagi so'nggi yillardagi biroz omadsiz yurishlarni hisobga olmasak, “So'g'diyona” Oliy ligada har qanday jamoaga etarlicha muammo tug'dira oladigan jamoalar sirasiga kira oladi. Jamoa so'nggi 2-3 yilda  Davron Fayziev murabbiyligi ostida uy o'yinlarini “Zomin”, “Yangier” stadionlarida o'tkazib kelayotgandi. Jizzax shahridagi zamonaviy talablarga to'liq javob beradigan stadion foydalanishga topshirilishi Jizzaxlik muxlislarga haqiqiy sovg'a bo'ldi. Ahir Jizzaxliklar anchadan beri shaharda katta futbolni ich-ichlaridan sog'inib qolishgandi. Jamoa rahbariyati esa buni tushungan holda “So'g'diyona”ning o'z mavqeini yanada yaxshilash, terma jamoalarga munosib futbolchilar etishtirib berish yo'lida kecha-kunduz bir tanu-jon bo'lib mehnat qilishmoqda. Jamoada ushbu mavsumda bironta legioner futbolchi yo'q. Bor etibor mahalliy yosh futbolchilarga qaratilgan. Aynan mana shu yoshlar murabbiyning ularga bo'lgan ishonchini juda yaxshi anglagan holda maydonda bor kuchlari bilan harakat qilishmoqda. Har bir o'yin – jamoa uchun so'nggi uchrashuvdek, butun jamoa bor kuchi bilan mashg'ulotlarda qatnashib, maydonda borini berib harakat qilmoqda. Jamoamiz ko'rsatayotgan o'yinlarga yaxshisi stadiondan uchrashuvlarni jonli ravishda kuzatib borganlarning o'zi baho berishsin. Biz esa jamoa haqida bazi OAV vositalarida chop etilayotgan asossiz, xalqni “So'g'diyona” haqidagi fikrini salbiy tomonga o'zgartirishga harakat qilinayotgan maqolalar haqida to'xtalmoqchimiz.

“Interfutbol” gazetasining 07.08.2015 yildagi sonida Zafar Qosimovning “Tosh qachon teshiladi?” maqolasiga to'htalsak. “So'g'diyona” Navoiyda birinchi davrada rostdan ham 4:1 hisobidagi ayanchli mag'lubiyatni qabul qilib olgandi. Jizzaxdagi o'yinda ham shunday hisob qayd etildi. Xo'sh, unda qaysi jamoa birinchi davrada raqib maydonida qanday hisobda mag'lub bo'lgan bo'lsa, o'z maydonida o'sha raqib ustidan shunday hisobda g'alaba qozonsa, demak bu o'yin kelishilgan hisoblanadimi? Demak jamoalar mehmonda qanday hisob qayd etilgan bo'lsa, uydagi o'yinda o'sha hisob qayd etilmasligi uchun harakat qilishlari kerakmi? 2 avgust kungi “So'g'diyona”-“Qizilqum” uchrashuvini stadiondan kuzatganlar bormi o'zi?  Salkam 10 mingga yaqin muxlis stadionda jonli kuzatdiku bu o'yinni. Uchrashuvdan keyin o'yin sharhi jamoaning rasmiy saytiga qo'yildi. Maqola muallifi uchrashuvni stadiondan kuzatdimikan? Biz Zafar Qosimovni o'sha o'yin kuni media tribunada ham, uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida ham uchratmadik.  Biz bu borada “Interfutbol” nashridan isbot va asos talab qilamiz. Agar isbot va va asos ko'rsatib berilmasa, Zafar Qosimov tomonidan yozilgan maqola halqda “So'g'diyona” haqida noto'g'ri fikr uyg'otish maqsadida ekanligi aniq va ravshan bo'ladi. “So'g'diyona” PFK “Qizilqum” bilan bo'lgan o'yinnig to'liq videotasvirini ham taqdim qilishga tayyor.

Navbatdagi maqola haqida to'xtalamiz. "Interfutbol" gazetasida Muhammad Vali muallifligi ostidagi “Muhit ichra bechorahol murabbiy” maqolasi. O'sha maqoladagi bazi jumlalarga etiboringizni qaratmoqchimiz:

Vodiy derbisidagi ijobiy yoki salbiy natija uchun hech bir jamoani ayblolmaymiz. Derbi o'z nomi bilan derbi. Faqat, Navbahorning Jizzaxga safari nurli bo'lsa, bas! Bizni to'g'ri tushuning: mazkur mulohazalar Namangan klubiga muxlislik nuqtai nazaridan aytilmayapti.” …

Agar Navbahor Jizzaxda So'g'diyonaga yutqazsa, bu uchrashuv barchada shubha uyg'otishi muqarrar. Bu to'g'rida avvalroq yozayotganimizning sababi shuki, muxlislar mazkur jamoalarning o'tgan mavsum ikkinchi davrasidagi o'zaro o'yin­larini ham unutishgani yo'q. Yodda tutaylik, Jizzaxdagi 19-tur uchrashuvi milliy chempionatimiz nufuzi uchun muhim sanaladi. Agar biz aytayotgan holat yuzaga kelsa, nainki, Baxtiyor Ashurmatov va uning jamoasi, balki milliy chempionatimizga nisbatan ham ishonch so'nadi.

 Xo'sh, maqsad nima? “So'g'diyona” o'z uyida “Navbahor”ga yutkazib berishi kerakmi? Yuta oladigan bo'lsa ham yutkazsinmi? O'sha o'yinda “Navbahor” yutsa chempionatimizda o'sish bo'ladimi? Muallif “Navbahor”ning jonkuyar muxlisi ekanligi oddiy o'quvchiga ham malum.

So'zimiz so'nggida aytmoqchimizki, “So'g'diyona” PFK rahbariyati va barcha azolari barcha OAVlari vakillarini hurmat qilgan, hurmat qiladi va bundan keyin ham shunday bo'ladi. Jamoamiz halol futbol tarafdori. Jamoa o'z shaniga nisbatan asossiz va isboti yo'q, xalqni jamoa haqida notug'ri fikr uyg'otishga etaklovchi xabarlarga har doim qatiy kurash olib borishga tayyor. Biz Jizzax futboli, O'zbekistonimiz futboli rivoji yo'lida borimizni berishga tayyormiz. Biz yuqorida qayd etib o'tilgan nashr va saytdan hamda uning mualliflaridan javob kutib qolamiz.

“So'g'diyona” PFK rahbariyati, mamuriyati, murabbiylar shtabi va futbolchilari.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика