So’nggi yangiliklar

08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  5 08:13“Мираброр Усмонов кубоги-2025”. Бугун Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб борамиз  2 07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  0 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  3 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  4 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  4 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  6 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  5 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  2

Superliga. "So'g'diyona" "Andijon"ni mag'lub etdi Yangiliklar

Superliga. "So'g'diyona" "Andijon"ni mag'lub etdi

Superliganing 8-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" - "Andijon" uchrashuvi bo'lib o'tdi.


O'yinning 7-daqiqasida Oybek Qilichev chamasi 25 metrlardan kuchli zarba bilan "So'g'diyona" darvozabonini hushyorligini sinab ko'rmoqchi bo'ldi, lekin noaniq. 23-daqiqada Elyor Oripovning jarimadan yo'llagan zarbasini Ruslan Matniyozov egallab oldi.

31-daqiqada Siroj Meliev o'ng qanotdan to'pni jarima maydoniga uzatdi, to'p yo'l yo'lakay Xusinovga tegib darvozaga yo'l oldi, Matniyazov ajoyib seyv namoyish etdi, biroq qaytgan to'pni SHohruz Norxonov osongina darvozaga yo'llab hisobni ochdi - 1:0. 

40-daqiqada SHahzod Ubaydullaev raqib jarima maydonchasiga yorib kirib, himoyachilar bilan kurashda yiqilib tushib, to'pni yo'qotdi.

43-daqiqada Norxonovning to'p uzatishidan keyin Daniel Nasriddinov jarima maydoniga kirib borib gol urdi - 2:0. 

Birinchi taym tugadi.

Ikkinchi taym boshlandi.

49-daqiqada Farhod Bekmurotovdan to'pni qabul qilib olgan SHahzod Ubaydullaevning yo'llagan zarbasi salgina noaniq ketdi. 51-daqiqada SHohruz Norxonovning jarima maydonchasiga kirar-kirmas yo'llagan zarbasini Ruslan Matniyozov egallab oldi.

54-daqiqada Oybek Qilichevning burchakdan etkazib bergan to'pini Ildar Mamatkazin boshi bilan raqib darvozasi tomon yo'llagandi, salgina noaniq ketdi.

68-daqiqada hisob qisqardi. Oybek Qilichev jarima to'pini amalga oshirdi, SHirinboy Abdullaev to'pni qaytardi, qaytgan to'pni SHahboz Ubaydullaev darvozaga yo'lladi - 2:1.

Uchrashuvda boshqa gol urilmadi va "So'g'diyona" 2:1 hisobida g'alaba qozondi.


"So'g'diyona" - "Andijon" 2:1

Hakamlar: Hasan Ro'ziev, Olim Abduvosilov, Timur Gaynullin, Nayim Qosimov.

Nazoratchi: Sayfiddin Ermatov.

Komissar: Sardor Qudratullaev.

Gollar: SHohruz Norxonov 31, - 1:0. Daniel Nasriddinov 43, - 2:0 (SHohruz Norxonov). SHahboz Ubaydullaev 68, - 2:1.

"So'g'diyona": SHirinboy Abdullaev, Iskandar SHayqulov, Elyor Orifov, Kaxi Maxaradze, Sanjar Rashidov (Davron Umirov, 74), Siroj Meliev (Oybek Nurmatov, 70), SHohruz Norxonov, SHerzod SHakirov, Daniel Nasriddinov (Nuriddin Hasanov, 81), Nikola Milinkovich, SHahboz Jo'rabekov.

Zaxira: Milan Mitrovich, Izzatilla Abdullaev, Jamshid Boltaboev, Murod Rajabov, Sahob Rashidov, Dian Talxatov.

"Andijon": Ruslan Matniyazov, Bobirjon Amanov, Farhod Mirahmatov (Sardor Sulaymonov, 88), Oybek Qilichev (Abdurahmon Abdulhaqov, 80), Farhodbek Bekmuratov, SHahzod Ubaydullaev, Ildar Mamatkazin, SHahboz Jumaboev, Asror G'afurov, Abror Husinov, Bobir Akbarov (Doniyor Ismoilov, 46).

Zaxira: Vitaliy Mirniy, Ibrohim Otaxonov, Radosav Aleksich, Usmonali Ismonaliev, Doniyor Abdumannopov, Xushnud Avilov.

Ogohlantirishlar: Daniel Nasriddinov 62, Asror G'ofurov 83,


So'g'diyona

Shohruz Norxonov - 31', Daniel Nasriddinov - 43'

Superliga. 8-tur

10/05/2019, 18:45

1
:
2
Tugadi

Andijon

Shahzod Ubaydullayev - 68'

45'
90'
31'  Shohruz Norxonov
43'  Daniel Nasriddinov
43'  Shohruz Norxonov
62'  Daniel Nasriddinov
70'  Siroj Meliyev (Oybek Nurmatov)
74'  Sanjar Rashidov (Davron Umirov)
81'  Daniel Nasriddinov (Nuriddin Hasanov)
46'  Boburjon Akbarov (Doniyor Ismoilov)
68'  Shahzod Ubaydullayev
80'  Oybek Qilichev (Abduraxmon Abdulxaqov)
83'  Asror G'ofurov
88'  Farhod Mirahmatov (Sardor Sulaymonov)



Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика