"So'g'diyona" - AGMK. Ikkala jamoada ham yo'qotishlar bor
31 iyu 2021 10:56
Yangiliklar
"So'g'diyona" - AGMK. Ikkala jamoada ham yo'qotishlar bor
Bugun Superliganing 13-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" - AGMK uchrashuvi bo'lib o'tadi.
Mezbonlar safida yarim himoyachi Jamshid Boltaboev maydonga tusha olmaydi. Sababi Boltaboev 12-turda "Nasaf" bilan bahsda qizil kartochka olgan.
AGMK safida esa himoyachi Akrom Komilov, yarim himoyachilar Elvin Fortes va Vladimir Kozak bugun bahs qaydnomasidan o'rin olishmagan. Komilov "Qizilqum" bilan o'yinda qizil kartochka olgandi va diskvalifikaciya muddatini o'tamoqda.
Fortes va Kozakda esa jarohat mavjud.
Eslatib o'tamiz, "So'g'diyona" - AGMK uchrashuvi bugun, 31 iyul kuni soat 20:00da boshlanadi. Karantin talablariga ko'ra uchrashuvga muxlislar kiritilmaydi.
Fikrlar