"So'g'diyona" Abror Ismoilov va Sardor Sobirxo'jaevga ko'z tikdi
05 dek 2023 11:16
Yangiliklar


"So'g'diyona" Abror Ismoilov va Sardor Sobirxo'jaevga ko'z tikdi
Bu haqda Championat.asia sayti bosh muharriri Narzulla Saydullaev xabar berdi.
"Yangi yilda o'z oldiga katta maqsadlarni qo'yayotgan "So'g'diyona" klubi ko'plab futbolchilar bilan aloqaga chiqqan. Ular orasida Abror Ismoilov va Sardor Sobirxo'jaev ham bor", – deyiladi xabarda.
"So'g'diyona" yakuniga etgan mavsumda 27 ochko to'plab, 11-o'rinni band etdi va Superligada qoldi.
25 yoshli Ismoilov ushbu mavsum "Navbahor" libosida 33 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi. 29 yoshli Sobirxo'jaev esa "Paxtakor" safida 34 ta o'yinda qatnashib, 2 ta gol urdi va 5 ta golli pas uzatdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar