Sobir Hamidov: “Ikkala jamoa asosan himoyaviy o'yin ko'rsatdi”
22 iyu 2016 11:10
Yangiliklar
Sobir Hamidov: “Ikkala jamoa asosan himoyaviy o'yin ko'rsatdi”
13-tur doirasida Jizzaxning “Sug'diyona” jamoasi Buxoroning “Buxoro” jamoasini qabul qildi. Ushbu o'yinda durang natija qayd etildi.
O'yindan so'ng “Sug'diyona” yarim himoyachisi Sobir Xamidov o'z fikrlari bilan bo'lishdi.
- Ajoyib kurashga boy o'yin bo'ldi. Mening fikrimcha ikkala jamoa ham himoyaviy o'yin ko'rsatdi. Albatta g'alaba uchun kurashdik lekin uyinda hisob ochilmadi. Oldinda kuchli jamoalar bilan bahslar kutayapti va biz ularga tayyorgarlik ko'rishni boshlaymiz", – deydi jamoa sardori Hamidov.
Dildora Xolboeva suhbatlashdi
Fikrlar