Sobir Hamidov endi Xotira-79da
18 apr 2018 12:59
Yangiliklar
Sobir Hamidov endi Xotira-79da
Qo'qonlik futbolchi Sobir Hamidov yana jamoasini o'zgartirdi. Futbolchiga mavsumlar oralig'ida avvaliga Qo'qon-1912da, keyinchalik Surxon va Iftixor tarkibida bo'ldi.
Yaqinda Yoshlar ittifoqining «Iftixor» jamoasining yangi futbolchilarni tanishtiruv marosimida Hamidov ham ishtirok etgandi. Ammo shunga qaramay Sobir u jamoada ham uzoq vaqt qolgani yo'q. Aytishlaricha 32 yoshli futbolchi «Iftixor» bilan ham ayrim masalalarda kelisha olmagan. Natijada sport formasini yo'qotmaslik maqsadida Uychining «Xotira-79» jamoasida qo'nim topgan. Malumot uchun, Hamidov o'tgan haftada yangi jamoasi safida «Dinamo»ga qarshi to'p surdi.
Darvoqe, «Xotira-79» o'z safiga yana bir yangi futbolchini qo'shib oldi. Ilgari «Obod» va «Norin» tarkibida o'ynagan darvozabon Umidjon Yorbekov ham yaqinda Uychi jamoasi bilan shartnoma imzoladi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Роналду нима учун овоз бермади? Португалия сардори FIFA The Best маросимини ўтказиб юборди
Fikrlar