Sobiq hakam "Vilyarreal" - "Barselona" uchrashuvida penalti qo'yilishi kerakligini aytdi
28 noy 2021 13:52
Yangiliklar
Sobiq hakam "Vilyarreal" - "Barselona" uchrashuvida penalti qo'yilishi kerakligini aytdi
Ispaniyalik sobiq hakam Eduardo Iturralde Gonsales LaLiganing 15-turi doirasida "Vilyarreal" - "Barselona" uchrashuvida Jerar Pikening qo'liga to'p tekkanidan keyingi holat haqida gapirdi.
"Bu penalti edi. Pike to'p o'tib ketmasligi uchun qo'lini qo'ydi. Undan tashqari, to'p futbolchi tayanib turgan qo'liga tegmadi va aynan havodagi qo'lga tegdi.
Bu qo'lning tabiiy harakati emasdi. VAR hakamlari esa bu vaziyatni tabiiy deb topishgan bo'lsa, demak, ular VAR hakamligiga munosib emaslar", - dedi Gonsales.
Fikrlar