Sobiq hakam "Siti"ning 94-daqiqada to'xtatilgan hujumi haqida: "Texnik jihatdan Xuper to'g'ri qildi. Agar u bir soniya kutganida, vaziyat o'zgargan bo'lardi" Yangiliklar

Sobiq hakam "Siti"ning 94-daqiqada to'xtatilgan hujumi haqida: "Texnik jihatdan Xuper to'g'ri qildi. Agar u bir soniya kutganida, vaziyat o'zgargan bo'lardi"

Sobiq hakam Dermot Gallaxer "Manchester Siti"ning 94-daqiqada to'xtatilgan hujumi borasida fikr bildirdi.

"Tottenxem"ga qarshi bahsning 94-daqiqasida Emerson Erling Xolandga nisbatan qoida buzdi, hakam avvaliga o'yinni to'xtatmadi, biroq bir necha soniya o'tib xushtak chaldi - o'sha onda Jek Grilish "Tottenxem" posboni bilan birga-bir chiqib ketishi mumkin edi. Hakam bilan tortishgan Xoland sariq kartochka bilan jazolandi.

"Qiyin vaziyat. O'yin adolatli davom etayotgandi, ammo keyin Saymon qaysidir sabab tufayli xushtak chaldi.

Agar u bir soniya kutganida, vaziyat o'zgargan bo'lardi. Texnik jihatdan u to'g'ri qildi" - dedi Gallaxer.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика