Sobiq hakam futbolni niqobda o'ynashni taklif qilgan hukumatni tanqid qildi
26 apr 2020 13:15
Yangiliklar
Sobiq hakam futbolni niqobda o'ynashni taklif qilgan hukumatni tanqid qildi
Germaniyalik sobiq hakam Bernd Xaynemann futbol o'yinlari vaqtida futbolchilarning niqobda bo'lishi kerakligi borasidagi g'oyani tanqid qildi.
"Bu ilojsiz, bu g'oyada na mano bor, na mantiq. Niqoblarning ortidan hali juda ko'p janjallar bo'ladi va 90 daqiqalik o'yin 9 soatga cho'zilib ketadi. Bu noreal ish va bunday g'oyani faqatgina futbolni tushunmaydigan byurokrat taqdim qilishi mumkin. O'ylaymanki, Germaniya futbol ligasi bundan yaxshi rejalarni o'ylab chiqadi", - dedi Xaynemann.
Oldinroq Germaniya hukumati futbol o'yinlari vaqtida futbolchilar maxsus niqobda bo'lishi borasida Bundesliga rahbariyatiga hujjatlar jo'natgani haqida malumotlar tarqagandi.
Bundesliga futbolchilari mavsumni niqoblarda davom ettirishadi
Fikrlar