Sneyder: "Men Messi yoki Ronaldudek bo'lishim mumkin edi, ammo shunchaki xohlamadim"
05 iyu 2020 17:18
Yangiliklar


Sneyder: "Men Messi yoki Ronaldudek bo'lishim mumkin edi, ammo shunchaki xohlamadim"
Uesli Sneyder 2019 yilning yozida professional futbolchilik faoliyatini yakunladi.
Uesli "Inter"da o'ynagan paytlari dunyoning eng kuchli futbolchilari qatorida etirof etilardi, ammo yakunda "Oltin to'p"ni qo'lga kirita olmadi. 35 yoshli niderlandiyalik futbolchi bunga intilmaganini tan oldi.
"Men Lionel Messi yoki Krishtianu Ronaldu kabi bo'lishim mumkin edi. SHunchaki buni xohlamaganman. Men shunchaki o'z hayotimdan lazzat olganman.
"Leo va Krishtianu esa boshqa olam, ular eng zo'r bo'lish uchun ko'p narsalarni qurbon qilishgan. Men bunga yaxshi munosabatdaman. SHunga qaramay, mening kareram ham ajoyib bo'lgan", - deydi Sneyder.
Eslatib o'tamiz, Uesli Sneyder faoliyati davomida "Ayaks", "Real", "Inter", "Galatasaroy", "Nicca" va "Al Garafa" jamoalarida o'ynadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar