Smolling MYU bilan shartnomasini 2022 yilgacha uzaytirdi
16 dek 2018 09:03
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/467317_original.jpg)
![](/upload/storage/467317_220.jpg)
Smolling MYU bilan shartnomasini 2022 yilgacha uzaytirdi
“Manchester Yunayted” rahbariyati klub markaziy himoyachisi Kris Smolling bilan shartnomani uzaytirdi.
Yangi kelishuv 2022 yilga qadar amalda bo'ladi. SHuningdek, tomonlar o'zaro kelishib, shartnomani yana bir yil uzaytirishlari mumkin.
“Bu mening MYUdagi to'qqizinchi mavsumim. Jamoada yanada yuksalayotganimdan mamnunman. MYUda to'p tepish men uchun sharaf. Hozir bor etiborimiz bayram oldi bellashuvlarda g'olib chiqishga qaratilgan” deya Smollingning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda “qizil iblislar” matbuot xizmati.
“Kris shartnoma imzolaganidan judayam xursandman. U bir necha yildan buyon klubda va ayni paytda eng muhim futbolchilardan biri sanaladi”, deya ushbu hodisaga o'z munosabatini bildirib o'tdi MYU ustozi.
Smolling 2010 yilda “Fulxem”dan MYUga ko'chib o'tgandi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar