So’nggi yangiliklar

00:46"Истиқлол" ўртоқлик ўйинида "Ал Ҳуссайн"га ютқазди. Ашурматов ва Машарипов майдонга тушишди  0 00:45"Атлетико" Бразилия клубидан 20 млн евролик трансферни амалга оширишга яқин  0 00:30"Андижон" клуби "Пахтакор"нинг уч нафар футболчисини ўз сафига қўшиб олганини эълон қилди  1 00:212026 йилги Жаҳон чемпионати чипталари қачон сотувга чиқиши маълум  0 23:55"Ньюкасл" Исак учун жуда катта сумма истамоқда. "Ливерпул"нинг “боши қотган”  2 23:35"Манчестер Сити" собиқ футболчиси Гвардиоланинг мураббийлар штабига қўшилди  2 23:05Расман: Карлуш Кейруш ЖЧ-2026 саралашининг сўнгги босқичида иштирок этувчи Осиё жамоасини бошқаради  10 22:55"Бавария" Диас бўйича "Ливерпул"га янги таклиф жўнатади  3 22:35"Барса" ўз ярим ҳимоячиси билан шартномани бекор қилмоқчи  0 22:10"Бавария" Эзе учун курашга қўшилди. Ҳужумчини "Арсенал" сотиб олмоқчи эди  0 21:45Диас "Ливерпул"дан норози. Клуб берган янги шартнома шартлари футболчига ёқмаган  1 21:20"Айнтрахт" "Нюкасл"нинг Экитике бўйича берган катта суммали таклифини рад этди  0 21:08Туғилган кундаги машғулот: U-23 терма жамоаси йиғинларни бошлади  0 20:35"Навбаҳор"га ФИФА тақиқи қўйилган. Клуб айни дамда янги футболчиларни рўйхатдан ўтказа олмайди  16 20:05"Манчестер Юнайтед" "Лион" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  2

Sluckiy: "Evropa chempionatida uch hujumchi bilan o'ynashimiz mumkin" Yangiliklar

Sluckiy: "Evropa chempionatida uch hujumchi bilan o'ynashimiz mumkin"

Teglar :  Leonid Sluckiy
Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Leonid Sluckiy CHexiyaga qarshi o'rtoqlik o'yinidan so'ng o'zi uchun kerakli xulosalarni olganligini aytib o'tdi.


"Ehtirosli o'yin bo'ldi. Jamoamiz futbolchilarining uchrashuvdagi harakatlari o'ylaganimizdan ham yaxshiroq chiqdi. Har qanday uchrashuvda ham oxirida to'p o'tkazib yuborish yoqimsiz holatni keltirib chiqaradi. CHexiyaga qarshi bellashuvni chuqur tahlili qilamiz va keyingi o'rtoqlik o'yiniga tayyorgarlik ko'ramiz.  Roman Noyshtedterning o'yiniga omma oldida alohida baho berishni istamasdim. Biz Romanning o'yinini o'zi bilan muhokama qilamiz. Barcha futbolchilar har xil yuklamalarni bajarishdi. Yakuniy xulosani futbolchilarning hammasi bir xil holatda bo'lishganidan so'ng berishimiz mumkin. CHexiya bilan o'yinda biz jamoamiz hujumdagi harakatlari va himoyadagi joylashuvlari bo'yicha o'zimizga kerakli bazi bir xulosalarni oldik. Bu o'rtoqlik bellashuv orqali o'yinimizni tahlil qilish uchun etarlicha malumotlar to'pladik. Ilk bor terma jamoada bir vaqtda uch hujumchini tushirdik. Kokorin-Smolov-Dzyuba uchligi yomon harakat qilmadi. Faqatgina hali o'zaro hamjihatlik va bog'liqliklar borasida muammolar bor. Evropa chempionatida ham bu tanlovdan foydalanishimiz mumkinligini rad qilmayman. SHirokovda kichik jarohat borligi sabab umumiy guruh bilan birga shug'ullanmayotgandi. Juma kunidan boshlab Roman ham safga qaytadi", - deydi Sluckiy.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика