Slimani Franciya chempionatiga qaytdi
26 avg 2022 20:25
Yangiliklar
Slimani Franciya chempionatiga qaytdi
"Sporting" hujumchisi Islom Slimani Franciyaning "Brest" klubiga o'tdi.
Klub sayti xabariga ko'ra, 34 yoshli jazoirlik futbolchi uzaytirish imkoniyati bilan bir yillik shartnoma imzolagan.
U yangi jamoasida 13-raqamda harakat qiladi.
"Men murabbiy bilan gaplashdim va uning ishonchini his qildim. Bu futboldagi eng muhim narsa", – dedi jamoaga yangi kelgan futbolchi.
Slimani o'tgan mavsumning ikkinchi qismini "Sporting" safida o'tkazib, 9 ta uchrashuvda 4 ta gol urgan. U mavsumning birinchi qismini "Lion"da o'tkazgan edi.
Fikrlar