Sky Sports: Agueroning KPR darvozasiga kiritgan goli APLning eng esda qolarli voqeasi
24 avg 2015 15:36
Yangiliklar


Sky Sports: Agueroning KPR darvozasiga kiritgan goli APLning eng esda qolarli voqeasi
Muxlislarning fikricha, eng esda qolarli voqea deb "Manchester Siti" hujumchisi Serxio Agueroning 2011/12 yilgi mavsumda KPRga qarshi o'yinning qo'shimcha vaqtida kiritgan goli topildi. Ushbu gol "Siti"ga chempionlikni olib kelgandi. (7474 ovoz)
Ikkinchi o'rinda esa, "Siti" sardori Vensan Kompanining o'sha mavsumda MYU darvozasiga kiritgan goli (5275 ovoz)
2003/04 yilgi "Arsenal"ning mag'lubiyatsiz seriyasi esa uchinchi o'rinni egalladi (3697 ovoz)
4. Ueyn Runining "Manchester Siti"ga qaychi uslubida kiritgan goli (3571 ovoz)
5. "Lester"ning MYU darvozasiga kiritgan 5 ta goli (3379 ovoz)
6. Jerrardning "CHelsi"ga qarshi o'yinda yiqilib tushgani (2603 ovoz)
7. "Manchester Yunayted" "Arsenal"ni 8:2 hisobida yutgani (1993 ovoz)
8. Uilshirning "Norvich" darvozasiga kiritgan kombinacion goli (1783 ovoz)
9. "Kristal Pelas"ning "Liverpul"ga qarshi o'yindagi irodali natijasi (1716 ovoz)
10. Mario Balotellining MYU darvozasiga gol kiritgan o'yinda yozib olgan yozuvi: "Why always me?" (1432 ovoz)
O’xshash yangiliklar

Fikrlar