Sky Sport Italia: CHempionlar Ligasi va Evropa Ligasining keyingi qismi "8 final" formatida o'tkaziladi
12 iyu 2020 02:08
Yangiliklar


Sky Sport Italia: CHempionlar Ligasi va Evropa Ligasining keyingi qismi "8 final" formatida o'tkaziladi
UEFA evrokuboklarning keyingi qismini qanday tartibda o'tkazish bo'yicha yakuniy qarorga kelgan.
Evropa CHempionlar Ligasi "8 final" formatida Lissabonda (Portugaliya) o'tkaziladi, deb xabar qildi Sky Sport Italia. Yani, keyingi bosqichlar bir o'yindan iborat bo'lib, jamoalar 7-8 kunda bitta o'yin o'tkazishi rejalashtirilgan. Uchrashuvlar "Benfika" va "Sporting" klublarining o'yingohlarida o'tkaziladi.
Evropa Ligasi musobaqasi esa xuddi shu sxema asosida Germaniyada o'tkzilsa, Evropa Superkubogini Budapesht (Vengriya) qabul qiladi.
SHuningdek, ayollar o'rtasidagi ECHLga Ispaniya mezbonlik qilishi belgilangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar