Skoulz: "Manchester Yunayted" di Mariyani sotmasligi kerak"
29 may 2015 14:16
Yangiliklar


Skoulz: "Manchester Yunayted" di Mariyani sotmasligi kerak"
"Manchester Yunayted" sobiq yarim himoyachisi Pol Skoulz "qizil iblislar" yarim himoyachisi Anxel di Mariya o'yiniga baho berdi.
"Anxel uchun 83,4 mln. evro to'lab undan ko'p narsa kutishdi. Tushunaman, unda maydonda tashqarisida ham muammolar bo'ldi, ammo bu mavsum di Mariya uchun omadli bo'lmadi. SHunday bo'lsa ham, u o'tgan mavsumda CHempionlar ligasi finalining eng yaxshi futbolchisi.
Anxel yuqori saviyali futbolchi bo'lib qolaveradi. "Manchester Yunayted" uni sotmasligi kerak. Yuqori darajadagi kurashlarda jamoaga mana shunday futbolchi kerak. Ko'ramiz, kelasi mavsumda nima bo'lar ekan" - deydi Skoulz.

Fikrlar