Skolari: "Agar Braziliya chempion bo'la olmasa Quvaytdan boshpana so'rayman"
08 fev 2014 17:42
Yangiliklar


Skolari: "Agar Braziliya chempion bo'la olmasa Quvaytdan boshpana so'rayman"
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Felipe Skolari agar maydon egalari 2014 yilgi mundialda chempion bo'lishmasa nima qilishni yaxshi biladi.
– Agar biz chempion bo'la olmasak nima qilaman? Yonginamizda Quvayt elchixonasi bor, ulardan menga boshpana berishlarini so'rayman. Albatta, barcha raqiblarimizga hurmat bilan qarayman, lekin chempion bo'lishimizga to'siq ko'rmayapman. G'olib bo'lishga tayyormiz, – deydi Skolari "Placar" nashriga.

Fikrlar