So’nggi yangiliklar

00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  2 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  6 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  1 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  3 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  6 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  1 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  1 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  10

"Sizni hech kim sevolmaydi meningdek". De Rossi muxlislar bilan xayrlashdi Yangiliklar

"Sizni hech kim sevolmaydi meningdek". De Rossi muxlislar bilan xayrlashdi

Bugun 35 yoshli Daniele de Rossi "Roma"dagi so'nggi o'yinini o'tkazadi – u butun karerasini jonajon klubida olib bordi.

U hali futbolchilik faoliyatini yakunlamadi. Biroq 2001 yil, professional faoliyatini boshlaganidan buyon, uni qo'llab-quvvatlagan muxlislari bilan xayrlashmay keta olmadi.

"Roma"ning rasmiy saytiga Danielening bolalikdagi surati joylanib, quyidagi gaplar bitildi:

— "Nimadan bunchalik xursandsan, bolakay?"
— "Baxtliman!"
— "Xop, nimadan?"
— "CHunki endi menga "Roma"ning formasi bor!"
— "Bu haqiqiy emas, shekilli?"
— "To'g'ri, haqiqiy emas. Xolam futbolkamga nomer tikib berdi"
— "Agar men senga kelajakda uning haqiqiy formasini 600 martadan ko'proq kiyasan desam, nima deysan?"
— "Uni bir marta kiyishim ham menga katta quvonch bag'ishlaydi".

O'zimning bolalikdagi suratimga qarab, qanchalik omadli ekanimni tushunyapman. To'g'ri, o'tgan yillar mashaqqatli, ammo kutilmagan voqealarga boy bo'ldi. Men jimgina ketmoqchi emasman. Mening "rahmat sizlarga" degan so'zlarim, oddiy bir gap emas. Meni buni chin qalbimdan aytyapman. Barchaga minnatdorchilik bildirishga ijozat bergaysizlar:

Sensining oilasi va prezident Pallottaga alohida tashakkur! Trigoriyada ishlagan va ishlayotgan erkak hamda ayollar, men bilan faoliyat yuritgan murabbiylarga rahmat. Barchasi menga muhim va kerakli narsalarni o'rgatgan.

Sog'lig'imga katta etibor bergan shifokorlar hamda Damiano Tommazi – shubhasiz, agar u bo'lmaganida men ushbu klubda bu qadar uzoq o'ynay olmagan bo'lardim — rahmat.

Jamoadoshlarim. Men ularni juda ham yaxshi ko'raman — chunki ular mening oilam. Trigoriya kiyinish xonasidagi arzimas bo'lib ko'ringan narsalarni ham juda sog'inaman.

Menda o'ziga xos bir jihatni sezgan Bruno meni bu klubning fantastik akademiyasiga olib keldi. Men avgust oyida Simone (Bekkachcholi, "Roma"ning video tahlilchisi. De Rossi u bilan klub akademiyasida birga o'yngan) hamda Manchoni (Emanuele Manchini, u bilan ham akademiyada to'p tepgan) uchratib qolgandim. O'sha paytdan beri biz qalin do'stlarmiz.

Rahmat, Davide Astori! Ruhan men bilan birga ekaningga ishonaman. Rahmat, Franchesko. U menga sardorlik bog'ichini bergan. U haqiqiy jamoa sardori va ajoyib o'yinchi edi. Hammaga ham 16 yoshida kumiri bilan o'ynash nasib etavermaydi. Men endi ushbu bog'ichni sherigim Alessandroga topshirmoqchiman. U bunga loyiq.

Menga yaxshi tarbiya berganliklari uchun ota-onamga alohida tashakkur! Har kuni ularning aytganlarini qilishga harakat qilaman: yoqmagan ishni bajarma va muhtojlarga yordam ber.

Ostiya va uning aholisiga rahmat. SHuningdek, "Roma"ning har bir ishqiboziga rahmat! Tashakkur, muxlislarim. Sizlarning menga bo'lgan ishonchingiz va muhabbatingiz yuqori cho'qqilarga erishishimda katta yordam berdi.

Men bir necha yil avval, 26 may kuni, endi boshqa tabassum qilmasam kerak deb o'ylagandim (shu kuni "Roma" Kubok finalida "Lacio"ga mag'lub bo'lgan). Lekin menga bo'lgan muhabbatingizni ko'rib, yana o'zimda kuch topdim. Menga qiladigan eng katta sovg'angiz, barcha og'riq va g'azabni ortda qoldirib, yana shonli klub - "Roma"ni qo'llab-quvvatlashdan to'xtamaslik!".

Sizni hech kim sevolmaydi meningdek! Ko'rishguncha.

Hurmat bilan Daniele De Rossi!


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика