So’nggi yangiliklar

11:17«Атлетико» Ковачични "Ман Сити"дан 30 млн еврога сотиб олиши мумкин  0 10:55«Бавария» «Интер» юлдузи учун АПЛ клуби билан баҳслашади  1 10:53Ўзбекистонда трансфер ойнаси ёпилди. Жамоаларда амалга ошган сўнгги трансферлар барчаси битта саҳифада  16 10:26«Барселона» Левандовскига АПЛдан ўринбосар топди  9 10:01АПЛнинг икки клуби Мойзе Кинни қўлга киритмоқчи  0 09:37«Бавария» Киммихнинг маошини оширишга тайёр  0 09:34Холдорхонов "Навбаҳор"га текинга ўтган  0 09:14Осимхеннинг «МЮ»га трансфери 95 фоизга якунланди, инглизлар 70 млн евро тўлашга тайёр  4 08:50Трансфермаркт. «Навбаҳор» «Пахтакор» футболчиси учун яхшигина пулга сотиб oлди  14 08:24«Манчестер Сити»нинг «Тоттенхэм»га қарши ўйин учун тахминий таркиби  17 07:58«Реал» футболчиси Испания терма жамоасига илк бор чақирилиши мумкин  4 07:39«Сўғдиёна» Сериа А чемпионатида ўйнаган футболчи билан шартнома тузди  2 07:24«Қўқон-1912» навбатдаги легионер билан шартома тузди  1 07:11Винисиус "Реал" футболчилари билан ҳазиллашиб, Саудия Арабистони таклифини муҳокама қилди. Бразилиялик асосий эътиборини клубда ўйнашга қаратган, аммо ҳали келажаги борасида бир қарорга келмаган  5 03:50Испания кубоги. "Атлетико" "Барселона" учрашувида 8 та гол урилди  126

"Sizlar tufayli men futbolchi sifatida o'sdim va eng yaxshi xislatlarimni ko'rsatishga muvaffaq bo'ldim". Bobir Abdixoliqov "Energetik-BGU" bilan xayrlashdi Yangiliklar

"Sizlar tufayli men futbolchi sifatida o'sdim va eng yaxshi xislatlarimni ko'rsatishga muvaffaq bo'ldim". Bobir Abdixoliqov "Energetik-BGU" bilan xayrlashdi

Xabaringiz bor, O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Bobir Abdixoliqov "Energetik-BGU"dan ketdi.

U Instagramdagi sahifasida Belarus klubi bilan xayrlashdi.



"Hurmatli "Energetik" muxlislari, murabbiylari, xodimlar va jamoaga befarq bo'lmagan barcha insonlar!

Birga o'tkazgan vaqtimiz uchun barchangizdan minnatdorman. Bir yarim yil ichida har biringizni yaxshi ko'rib qoldim. Ajoyib Minsk va butun Belarus har doim xotiramda qoladi.

Men bilan birgalikda maydonda harakat qilgan har bir klubdoshimga rahmat aytaman. Barchangizga faoliyatingizda omad yor bo'lsin. "Buqa" tasviri tushirilgan libosda sizlar bilan o'ynash men uchun sharaf edi. 

Astoydil qo'llab-quvvatlaganingiz uchun tashakkur. Har qanday natija va ob-havo sharoitija "Energetik" o'yinlariga kelib, bizni oldinga boshladingiz.

Vladimir Belyavskiy, Pavel Rodnyonok va ularning murabbiylar shtabiga rahmat. Sizlar tufayli men futbolchi sifatida o'sdim va eng yaxshi xislatlarimni ko'rsatishga muvaffaq bo'ldim.

"Energetik"da birinchi kundanoq menga ko'maklashgan Anatoliy Ivanovich Yurevichga aloxida rahmat. Siz bergan saboqlar faoliyatim so'ngiga qadar menga asqatadi. Men uchun ko'p vaqt sarfladingiz, bu uchun sizdan juda minnatdorman.

Nikolay Nikolaevichni alohida ajratib ko'rsatgan bo'lardim. Sizning kiyinish xonasidagi energiyangizni hech qachon unutmayman. Siz nafaqat birinchi darajali murabbiy, balki qoyilmaqom motivator hamsiz!

Unutilmas damlarni o'tkazdim. Biz birgalikda ko'p narsa qildik, bizdan kutmagan narsalarni ham amalga oshira oldik. Biroq eng asosiysi, o'zimizga ishondik. "Energetik" klub yo'lida mehnat qilayotgan xodimlar va jamoadagi zo'r atmosfera tufayli muvaffaqiyatga erishdi.  

"Energetik" menga ko'p narsa berdi. Umid qilamanki, men ham klubga borimni bera oldim. 

Kelajak uchun katta maqsadlarni ko'zlagan holda "Energetik"ni tark etyapman. Klubga faqat omad tilayman va jamoa natijalarini kuzatib borishga vada beraman. "Energetik" yuragimdan alohida joy egalladi. 

Hammangizga rahmat!", – deyiladi hujumchining xayrlashuv maktubida.

Eslatib o'tamiz, 25 yoshli forvard Belarusda chempionatning eng kuchli futbolchisi, mavsum to'purari va liganing eng yaxshi hujumchisi deb topilgan edi.

Mbappe – 2022 yil to'purari. Abdixoliqov Jiru bilan bir qatorda (IFFHS)

Reyting: +12   
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика