So’nggi yangiliklar

03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  0 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  3 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  2 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  2 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  2 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  7 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  13 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  28 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0

Siz "kashfiyot" deganda nimani tushunasiz? Yangiliklar

Siz "kashfiyot" deganda nimani tushunasiz?

O'zPFL mavsum yakunlari yaqinlashar ekan, yilning eng yaxshilarini aniqlash jarayonini boshlab ulgurdi.

Nominaciyalar va ularga taqdim etilgan nomzodlar ham bosqichma-bosqich elon qilinmoqda.

Mavsum yakuniga bitta tur qoldi, va bu so'nggi tur mantiqan deyarli hech narsani o'zgartirmaydi. Demak, musobaqa o'tkazadigan tashkilotning bu bosqichida asosiy diqqati – mavsumda eng yaxshi natija ko'rsatganlarni taqdirlashga qaratilgan. Shu joyda meni o'ylantirayotgan muhim savol paydo bo'ldi: PFL tomonidan joriy etilgan “Yil javohiri” va “Yil kashfiyoti” nominaciyalari qanday mezonlarga asoslangan?

“Yil javohiri”: eng yaxshi yosh futbolchi

Ushbu nominaciyaga quyidagi futbolchilar taqdim etilgan:

* Behruzjon Karimov — 13 o'yin, 3 gol, 879 daqiqa

* Sardor Bahromov — 21 o'yin, 1 gol, 971 daqiqa

* G'anisher Qodirov — 13 o'yin, 3 gol, 1 assist, 530 daqiqa

* Oybek O'rmonjonov — 27 o'yin, 4 gol, 3 assist, 1486 daqiqa

Bu erda etirozga o'rin yo'q. Nomzodlar yosh toifasiga mos, o'ziga xos natija ko'rsatgan va o'sish uchun katta salohiyatga ega futbolchilar. Demak, bu nominaciya o'z o'rnida.

“Yil kashfiyoti”: mezon qanaqa?

PFL yana bir nominaciya – “Yil kashfiyoti”ni elon qildi. Unda quyidagi futbolchilar bor:

* Abbos G'ulomov — 29 o'yin, 10 gol, 2 assist, 2280 daqiqa

* Nosirjon Abdusalomov — 21 o'yin, 3 gol, 6 assist, 1247 daqiqa

* Muhammadrasul Abdumajidov — 22 o'yin, 1 assist, 1957 daqiqa

* Jahongir O'rozov — 27 o'yin, 1 assist, 2430 daqiqa

* Javohir Ro'ziev — 27 o'yin, 1 gol, 1887 daqiqa

* Rustam Turdimo'radov — 29 o'yin, 7 gol, 2 assist, 2219 daqiqa

* Nodirbek Abdurazzoqov — 29 o'yin, 6 gol, 2 assist, 1880 daqiqa

* Amir To'raqulov — 24 o'yin, 3 gol, 1 assist, 1286 daqiqa

Endilikda savol tug'iladi: “kashfiyot” deganda nimani tushunishimiz kerak?

Futbolda bu atama odatda quyidagi manoda ishlatiladi:

* oldingi mavsumlarda ko'zga tashlanmagan,

* kam o'ynagan yoki umuman nomalum bo'lgan,

* shu mavsumda porlab chiqib, keng omma etiboriga tushgan futbolchi.

Ammo ro'yxatga nazar tashlasak, barcha nomzodlar bu mezonga to'liq mos kelavermaydi.

Masalan:

Abbos G'ulomov — 2019 yilning o'zida Superligada debyut qilgan. Allaqachon tanilgan futbolchi, bu yilgi o'yini — kashfiyot emas, ko'p yosh futbolchilar uchun o'rnak desak to'g'riroq.

Jahongir O'rozovni ham yangi deb bo'lmaydi. 2022 yildan buyon Superligada to'p tepayotgan futbolchi.Orada Turkiyada ham o'ynab keldi.  2023 yil U-20 Osiyo Kubogi va Jahon chempionatida ham ko'zga tashlangan.

Rustam Turdimurodov — o'tgan yil “Andijon”da yaxshi o'ynab, avvalroq mahalliy futbol muxlislari tomonidan kashfiyot sifatida qabul qilingan.

Nodirbek Abdurazzoqov va Amir To'raqulov ham mutlaqo yangi nomlar emas. Ular 2–3 mavsumdir maydonda.

Ana shu nuqtada ushbu nominaciyaning tanlash tamoyillari noaniq ko'rinadi.

Qaysi futbolchilar chin manoda kashfiyot bo'lishi mumkin?

Agar so'z haqiqiy “kashfiyot” haqida ketsa, nomzodlar orasida quyidagilar mezonga mosroq:

* Nosirjon Abdusalomov

* Muhammadrasul Abdumajidov

* Javohir Ro'ziev

Bu yigitlar haqida futbol jamoatchiligi aynan 2025 yilda keng tanidi. Ular shu mavsum maydonda o'zini ko'rsatdi. Agar haqiqatdan "kashfiyot" sifatida ko'rsatilsa deylik o'tgan yili Anvar Hojimirzaevni "Dinamo"dagi o'yinlari orqali barcha tanidi. 

Xulosa

PFL yil yakunlanmasdan harakatni boshladi — bu quvonarli. Biroq nominaciya tanlashda qoidalar yanada aniq, mezonlar esa ochiq bo'lsa, nafaqat muxlislar, balki futbolchilarning o'zi uchun ham tushunarli bo'lardi.

Shunchaki yaxshi o'ynagan emas, aynan:

* kim porlab chiqdi,

* kim tasavvurlarni o'zgartirdi,

* kimni futbol olami endi kashf qildi —

ana shu savollarga javob olish “kashfiyot” nominaciyasining haqiqiy mohiyatidir. Lekin boshqa tomoni ham borki bu erda six ham, kabob ham kuymasin, hech kim hafa bo'lib qolmasin degan omillar hisobga olingan bo'lsa kerak. 

Abdulaziz Iskandarov

P.S: Muallif fikri tahririyat fikrini ifodalamaydi

Reyting: +3   

Fikrlar

+1   
24 noy 17:15:29
Яхшидур аччик Хакикат
Rasul M foydalanuvchining fikriga javob berish
Maqolani yozganam chichgan Anvar Xojimirzayevmish Bundan adashmasam 3yil oldin Anvar Xojimirzayev xaqidka katta intervyu olingan edi Adashmasam Meni De Bruynega oxshatishadi degandi demoqchi bolganim boshqalarni minusini qidirip oziyam chichgan admin
Ўзингиз ҳам сал ўтлаб кетибсиз, Ҳожимирзаевни 2023 да чиқган 2024 да Андижонда порлаган деб ёзган. Тузукроқ ўқиб кейин фикр ёзсангиз яҳшироқ бўлади. Сиз мақола муаллифини ёмон кўрсангиз керак шунинг учун натўғри фикрлагансиз
+1   
24 noy 15:51:16
uzb
Супер Лигада 10 йилдан бери уйнаб юриб шу бу йил сал уйини ухшаб қолганларни қандай кашфиёт деб булади? Отни қашқасидек хаммага танилиб булган эски тормозни уйини бир ухшаб кетса кашпиёт буф қолмайдию,дейлик бирон супер лига мурабийи акадимияданми, ёки қуйи лигаларда уйнаб юрган талантли ёш футболчини топиб шу болани уйинига сал сайқал бериб жамоасида уйнатса,уша супер лига дебютант футболчини уйини хаммага мақул келса уни йил кашфиёти десак булади,мабода лигада биронта хам супер лига дебютантларини уйини яхши чиқмаса йил кашфиётига бирортаям футболчини тавсия қилинмаслиги керак
   
24 noy 21:05:31
Rasul M
Muallif : Iskandarov Abdulaziz
Bu yil nafaqat "Qo'qon-1912"ning balki Pro liganing to'purari bo'lib turgan Anvar Xojimirzaev raqiblar darvozasiga 10ta gol urdi.
"Dinamo" hujumchisi Joel Kojo bilan teng ko'rsatkich qayd etib turgan futbolchi faoliyatidagi eng sermahsul mavsumni o'tkazmoqda. Anvar Xojimirzaev so'nggi 3 yilda raqiblar darvozasini 14 bor aniq nishonga olgan va shundan 10tasi joriy mavsumga to'g'ri keladi. "SHunqorlar"ning "snayperi" bo'lib turgan Anvar Xojimirzaev kecha bo'lib o'tgan "Yunired" bilan uchrashuvda ham chiroyli gol urdi va bu gol amalda mezbonlarga uch ochko keltirdi. Umumiy hisobda u 13ta uchrashuvda 13ta foydali ishni amalga oshirgan 10+3. O'yindan so'ng Anvar Xojimirzaev bilan suhbatlashish istagi tug'ildi.

- "Yunired" bilan o'yin haqida...

- Intervyuga taklif qilganingiz uchun katta rahmat. "Yunired" bilan qiyin ammo yaxshi o'yin bo'ldi. Ikki jamoa ham oxirigacha kurashdi. Maydonda jang kechdi, desam mubolag'a bo'lmasa kerak. Muxlislar ham chiroyli o'yin guvohiga aylanishdi.

- Ikkinchi davrada jamoa "SHo'rtan", "Mashal", "Yunired" kabi jamoalar bilan o'ynadi. Oldinda kutayotgan Superliga yo'llanmasi uchun asosiy raqobatchilar bilan uchrashuvlarga ham tayyormisizlar?

- Albatta. Murabbiylar shtabi va jamoadoshlarimga ishonaman. Bu g'alabalar bilan to'xtab qolish noto'g'ri. Xudo xohlasa Superliga yo'llanmasini qo'lga kirita olamiz, degan umiddaman. Bunga ishonaman.



- Bu yil faoliyatingizdagi eng yaxshisi bo'lyapti. Murabbiylar sizni to'purarlik salohiyatingizni ochdimi?

- Hammasi xudodan. Ota-onamiz duolari va jamoadoshlarim mehnati sabab gollar uryapman. Bir o'zim natijaga erisha olmayman.

- 28 yoshdasiz va ko'pchilik bunga qadar faoliyatingiz qanday kechganini bilmaydi. Bu borada malumot bera olasizmi?

- Farg'oaning "Istiqlol" va "Neftchi", "Navbahor" jamoalarida to'p tepganman. 2013 yilda faoliyatimni boshlagan bo'lsam, asosiy qismini Birinchi liganing "Kosonsoy", "Xotira-79", "Istiqlol" jamoalarida o'tkazganman. Ilgari quyi ligalar bugunidek kuzatuvda va etiborda bo'lmagan. Nasibamiz shu ekan, xudoga shukur qilamiz. Kimdir kech, kimdir erta ko'zga ko'rinadi.

- 2020 yil Andrey Kanchelskis boshqarayotgan "Navbahor" safiga borib qo'shilgansiz. Aslida namanganliksiz, shunday ekan nima uchun "lochinlar" tarkibida o'ynab keta olmagansiz?

- Barcha murabbiyni o'z uslubi bor. Balki Andrey Kanchelskisni uslubiga mos kelmagandirman. Xullas kelisha olmadik va ketishga qaror qildim.



- De Bryuyne laqabini qachon berishgan?

- Aslida yoshligimdan De Bryuynega o'xshatishadi. Odam odamga o'xshaydida (kuladi). O'yinlarini kuzatib boraman, yuqori saviyadagi futbolchi.

- Mavsum oxirigacha nechta gol urishni maqsad qilgansiz?

- Xudo xohlasa, nasib qilganini ko'ramiz. Birinchi maqsadim "Qo'qon-1912" bilan Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritish.va shu maqola muallifi mana shu inson
   
24 noy 18:36:57
Rasul M
Яхшидур аччик Хакикат foydalanuvchining fikriga javob berish
Ўзингиз ҳам сал ўтлаб кетибсиз, Ҳожимирзаевни 2023 да чиқган 2024 да Андижонда порлаган деб ёзган. Тузукроқ ўқиб кейин фикр ёзсангиз яҳшироқ бўлади. Сиз мақола муаллифини ёмон кўрсангиз керак шунинг учун натўғри фикрлагансиз
Undan Oldin Qoqon 1912da Pro ligada topurar bolgandi Qoqon Super ligaga chiqolmagach Dinamoga otgandi...aynan oshanda U xaqida İntervyu chiqqandi akajon gap yomon korishdamas man uni umuman tanimimanam
   
24 noy 17:10:31
Abdulbosit Maxmudov
Mani fikrimcha ornonjonov yaxshi mavsum utkazdi sovrinni unga berish kk chunki nasaf baxromovga kop imkoniyat bor edi dinamo esa bu boshqa
   
24 noy 14:36:43
Жамшид Jamshid
Бухоро кубокни олганда Боймуродов буларди. Хозир Ман учун Неманов
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика