So’nggi yangiliklar

09:17«Пахтакор» икки нафар футболчи билан шартнома тузганини эълон қилди  0 08:50Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  8 08:24Париж-2024. Япония муддатдан аввал плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  12 08:00Ўртоқлик учрашуви. ОКМК «Машъал»ни кичик ҳисобда мағлуб этди  1 07:35Ўртоқлик учрашувлари. «Арсенал»дан камдек, Манчестер клубларида мағлубият ва бошқа натижалар  3 01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  9 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  1 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  14 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  2 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  16 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  121 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  10 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  5 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  850

Siz CHempionlar Ligasida muxlislik qilishingiz mumkin bo'lgan 6ta kamtar jamoa Yangiliklar

Siz CHempionlar Ligasida muxlislik qilishingiz mumkin bo'lgan 6ta kamtar jamoa

CHempionlar Ligasi qaytmoqda!

Bugun guruh bosqich 1-tur o'yinlariga start beriladi. Top-klublar bo'yicha barcha narsani bilasiz, ammo bosh evrokubok musobaqasida autsayderlar ham bor. Ularning ayrimlariga qayg'urgingiz ham keladi. Biz oltita shunday jamoani tanladik.


"Reynjers"

Mamlakat: SHotlandiya

Bosh murabbiy: Jovanni van Bronkxorst

Taniqli futbolchilar: Borna Barishich, Jeyms Taverne, Alfredo Morelos.


Ikki buyuk shotland klubidan birining CHempionlar Ligasiga qaytishi uzoq vaqtni oldi. Jamoa so'nggi bor evrokubokda 2010/2011 yilgi mavsum (MYU, "Valensiya" va "Bursaspor" bor guruhda uchinchi bo'ldi)da o'ynadi. SHundan so'ng bankrotlik, pastki ligalarga tushib ketish, yuqoriga ko'tarilish, uzoq vaqtdan so'ng chempionlik va o'tgan mavsum Evropa Ligasidagi final. "Reynjers" CHempionlar Ligasiga to'g'ridan-to'g'ri chiqqani yo'q: saralashda Belgiyaning "Union"  jamoasi (0:2, 3:0)ga qarshi kambek qilishga va PSV (2:2, 1:0)ni yutishga to'g'ri keldi.


"Reynjers"ni murabbiylarni tanlashi hayron qoldiradi. Klub 2018 yilda Stiven Jerrardga imkoniyat berdi (bundan afsuslanmadi), 2021 yilda esa angliyalikning o'rnini boshqa bir afsona egalladi — niderlandiyalik Jovanni van Bronkxorst.


"Reynjers" og'ir guruhga tushdi. "Ayaks", "Liverpul" va "Napoli" — ushbu barcha jamoalar kamtargina shotlandlardan kuchli ko'rinmoqda. Bunday autsayderga g'amxo'rlik qilmaslikning iloji yo'q!



"Bryugge"

Mamlakat: Belgiya.

Bosh murabbiy: Karl Xufkens.

Taniqli futbolchilar: Simon Minole, Dedrik Boyata, Roman Yaremchuk.


Belgiyaliklar so'nggi yillarda evrokuboklarda o'ynashga o'rganib qolishdi — ushbu ishtirok ular uchun beshinchi bo'ladi. "Bryugge" har safar bosh autsayderlardan biri hisoblanadi, ammo ular uchinchi o'rinni egallashni va Evropa Ligasiga yo'l olishni xush ko'rishadi.


"Bryugge" "Reynjers"dagiday qiyin guruhda emas, ammo raqiblar baribir kuchli: "Portu", "Atletiko" va "Bayer". Belgiyaliklar uchun muxlislik qilamizmi?



"Viktoriya Plzen"

Mamlakat: CHexiya

Bosh murabbiy: Mixal Bilek

Taniqli futbolchilar: yo'q


Bir vaqtning o'zida omadi kelgan va kelmagan jamoa. "Viktoriya" "o'lim guruhi"ga tushdi va katta ehtimol bilan "Bavariya", "Barselona" va "Inter"ga ochko etkazib beradigan bosh jamoa bo'ladi. Tanganing ikkinchi tomoni: CHexiyaga bir yo'la uchta grand boradi (anshlag kafolatlangan), har qanday durang yoki g'alaba sensaciya va bayram bo'ladi. Aytgancha, "Viktoriya" CHempionlar Ligasida tarkib narxlari bo'yicha oxirgidan ikkinchi o'rinda.


SHunchaki ko'ring, "Viktoriya" futbolchilari qura natijalariga qanday munosabat bildirishgan!




"Viktoriya" muxlislik qilishning yana bir sababi — ularning guruh bosqichigacha yo'li. Jamoa 2-saralash bosqichidan boshladi va barcha qiyinchiliklarni engib o'tdi. XIK, "SHerif" va "Karabax"ga qarshi o'yinlarda bittasini hisobga olmaganda, barchasi "Viktoriya"ning g'alabasi bilan yakunlandi.



"Dinamo", Zagreb

Mamlakat: Xorvatiya

Bosh murabbiy: Ante CHachich

Taniqlik futbolchilar: Dominik Livakovich, Mislav Orshich.


"Dinamo"ning guruhi qiziqarli. Bu erda yaqqol favoritlar bor — "Milan", "CHelsi" — va "Red Bull Zalcburg" ehtimoliy syurpriz bo'lishi mumkin. Aytgancha, avstriyaliklarni bu bandda bonus sifatida yozish mumkin. Bu CHempionlar Ligasidagi eng yosh jamoa bo'lib, ular muxlislarni doimiy ravishda yorqin o'yin bilan xursand qilishadi.



"Kopengagen"

Mamlakat: Daniya

Bosh murabbiy: Yess Torup

Taniqli futbolchilar: Metyu Rayan, Viktor Klasson


Kuchli guruhdagi CHempionlar Ligasida eng arzon tarkibga ega oddiy jamoalardan biri. Menimcha, birinchi o'rinda kim bo'lishi oldindan malum: futbolchilari "Kopengagen"dan 15 barobar qimmat bo'lgan "Manchester Siti" (1,04 mlrd evroga qarshi 70,5 mln evro). Kamtar daniyaliklar uchinchi o'rin uchun "labbay" deb kurashishgan bo'lishardi, ammo buning uchun nimadir qilib "Sevilya" va "Borussiya" (Dortmund) bilan kurashga kirishish kerak. Ular buni uddalashsachi?



"Makkabi", Xayfa


Mamlakat: Isroil

Bosh murabbiy: Barak Baxar

Taniqli futbolchilar: yo'q


Bu mavsum CHempionlar Ligasidagi bosh autsayder. "Makkabi" haqida bir necha faktlar:

— jamoa tarixida atigi uchinchi bor CHempionlar Ligasi guruh bosqichiga chiqdi;

— "Makkabi"ning o'tgan safargi CHLdagi ishtiroki bundan 13 yil oldin bo'lgan va jamoa o'shanda guruhdagi barcha olti o'yinni boy bergan;

— musobaqadagi eng arzon tarkib — atigi 21,7 mln evro;

— jamoadagi eng qimmat futbolchi — 30 yoshli himoyachi Abdulaye Sek (3 mln evro). Uni bir necha kun oldin xarid qilishdi.


"Makkabi"ning guruh bosqichiga chiqish yo'li oson bo'lgani yo'q. Jamoa 2-saralash bosqichidan boshladi va yo'lida "Olimpiakos"ni mag'lub etdi. SHunchaki yutmadi, balki uydagi durangdan so'ng mehmonda yirik hisobda taslim etdi. Keyingi raqib Kiprning "Apollon" jamoasi bo'ldi, "Makkabi" pley-offda yana autsayder sifatida ko'rildi. Ammo, undan ham o'tdi! "Crvena Zvezda"ning chiqib ketishi esa haqiqiy sensaciya bo'ldi.


"Makkabi" qura tashlash marosimida "o'lim guruhi"ga tushishi mumkin edi va yakunda bu joyni "Viktoriya" to'ldirdi. Ammo, Isroil jamoasi raqiblari baribir jiddiy: PSJ, "Yuventus" va "Benfika".



Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика