"Siti"da ko'plab ajoyib o'yinchilarni xarid qilish uchun pul ko'p". Gvardiola g'alabali seriya haqida hazil qildi
25 fev 2021 14:58
Yangiliklar


"Siti"da ko'plab ajoyib o'yinchilarni xarid qilish uchun pul ko'p". Gvardiola g'alabali seriya haqida hazil qildi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola 19 g'alabali seriya haqidagi savolga javob berdi.
"Bizda ko'plab ajoyib o'yinchilarni xarid qilish uchun pul ko'p. Bu haqiqat. Sifatli o'yinchilarsiz biz buni uddalay olmagan bo'lardik.
Ular fantastik o'yinchilar va bir-birlari bilan ajoyib munosabatdalar. Ular har bir o'yinda g'alaba qozonish haqida o'ylab harakat qilishadi.
Javob o'yini ["Borussiya" bilan] uch haftadan so'ng bo'lib o'tadi, shunday ekan keyingi maqsad - "Vest Xem". Faqat shu haqda o'ylayman", - deydi ispaniyalik murabbiy.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar