"Siti" yoki "Bavariya" Tadichni 30 mln. evroga sotib olishi mumkin
08 mar 2019 13:30
Yangiliklar


"Siti" yoki "Bavariya" Tadichni 30 mln. evroga sotib olishi mumkin
"Ayaks" yarim himoyachisi Dushan Tadichga "Manchester Siti" va "Bavariya" qiziqish bildirmoqda.
Ingliz va nemis klublari 30 yoshli futbolchining agenti bilan transfer borasida bog'lanishgan.
"Ayaks" Tadich uchun kamida 30 mln. evro talab qilmoqchi. O'tgan yozda xavbek 12 mln. evro evaziga "Sautgempton"dan Gollandiya klubiga o'tgan edi.
Tadich "Real"ga qarshi CHempionlar ligasi 1/8 final javob o'yinida 2ta golli pas berib, 1ta gol urgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar