So’nggi yangiliklar

13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  0 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  2 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  1 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  5 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  2 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  0 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  5 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  7 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  5 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  13 08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  3 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  10 03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  1

"Siti" yilning eng esda qolarli uchrashuvini o'tkazdi, ammo unda mag'lub bo'ldi. Endi "Liverpul"ga etib bo'lmaydi Yangiliklar

"Siti" yilning eng esda qolarli uchrashuvini o'tkazdi, ammo unda mag'lub bo'ldi. Endi "Liverpul"ga etib bo'lmaydi

"Boxing Day"da "Liverpul" mehmonda "Lester Siti"ni taslim etdi va hamma Klopp jamoasini quvayotgan "Siti"ning g'alabasini kutayotgan edi.

Hammasi odatdagidek boshlandi: To'pga egalik qilish bo'yicha ustunlik, raqib himoyasini kesuvchi paslar. Hammasi 12-daqiqada o'zgardi: "Vulverxempton" himoyachilaridan biri Diogo Jotani Ederson bilan birga-bir vaziyatga chiqardi, posbon esa hujumchini yiqitdi. Martin Atkinson qizil kartochka ko'rsatdi.

Pep Klaudio Bravoni maydonga tushirdi - posbon Serxio Aguero o'rniga o'yinga qo'shildi. Forvard noyabrdagi jarohatidan so'ng ilk marotaba asosiy tarkibda maydonga tushgan edi va o'zgarishdan xursand bo'lmadi.


CHetlatishdan so'ng o'yin o'zgardi: "Vulvz" to'pni olib, pozicion hujumlar amalga oshirdi. "Siti" tezkor qarshi hujumlar bilan javob berdi. Vaziyatlarning birida Dendonker o'z jarima maydonchasi ichida Marez oyog'ini bosib oldi - Martin Atkinson VAR yordami bilan penalti belgiladi.


Sterling zarba berdi va gol ura olmadi - darvozabon Ruy Patrisiu to'pni qaytardi. Gvardiola depressiyaga tushib qoldi, ammo zarbadan oldin qoida buzilgani uchun 11 metrlik jarima zarbasi qayta tepildi. Raxim yana o'sha burchakka zarba berdi, Patrisiu bu safar ham qutqardi, biroq Sterling qaytgan to'pni bir amallab darvoza to'riga joyladi - 1:0.

28 daqiqa ichida chetlatish va 2ta penalti.


Ikkinchi bo'limda o'yinda katta o'zgarish bo'lmadi: "Vulverxempton" to'pni o'zida saqlab, hujumlar uyushtirdi, "Siti" esa vaqti-vaqti bilan javob berib turdi. Qarshi hujumlarning birida Kevin De Bryuyne ideal pasi orqali Raximni raqib darvozaboni bilan birga-bir vaziyatga chiqardi va hisob 2:0 ko'rinishiga keldi.


Biroq shundan so'ng birinchi davrada "Siti"ga ikkita gol urgan Adama Traore ishga kirishdi. Adama 55-daqiqada hisobni qisqartirdi va Gvardiolaning "Manchester Siti"siga 3ta gol urgan uchinchi futbolchiga aylandi (Vardi va Azar).


SHundan so'ng Gvardiola g'alabani ushlab qolishga harakat qildi: Marez (himoyachiga) va De Bryuyneni (Gyundoganga) almashtirdi, "Manchester Siti" esa markazdan deyarli o'tmadi.


Ammo 80-daqiqada Mendi qo'pol xatoga yo'l qo'ydi, Traore esa himoyachidan to'pni olib, uni markazga uzatdi - Raul Ximenes esa hisobni tenglashtirdi. 89-daqiqada qanot himoyachisi Doerti hujumga qo'shildi va o'z jamoasining uchinchi goliga mualliflik qildi. 3:2!


- "Manchester Siti" mag'lubiyatga munosib edi: "Vulvz" to'pga egalik (63%-37%) va aniq zarbalar (8:3) bo'yicha ustunlik qildi. Gvardiola murabbiylik faoliyati davomida uning jamoasi to'pga egalik qilishda hech qachon bunday past natija qayd etmagan. Avvalgi antirekord "CHelsi" bilan noyabrda sodir bo'lgan - 46%.


- "Vulverxempton" esa - irodali g'alabalar qiroli. Jamoa bu mavsum hisobda orqada qolayotib 14 ochko to'plashga muvaffaq bo'ldi. Xatto "Liverpul"da ham natija bunday emas. Aytgancha, "Vulvz" keyingi turda "Enfild"da o'ynaydi.


- Klopp - Gvardiola uchun eng noqulay murabbiy deb o'ylaysizmi? Yangi nomzod paydo bo'lgan ko'rinadi. Gvardiola Nunu Eshpiritu Santuga qarshi kechgan 5ta bahsning bor-yo'g'i 1tasida g'alaba qozondi. Pep so'nggi ikki mavsumda uchinchi marta "Vulverxempton"ga yutqazdi.


- Joriy mavsum "Siti" avvalgi mavsumdan ko'proq ochko yo'qotdi (19, avvalgisida 16). SHu bilan birga o'tgan yilgidan ko'p gol o'tkazib yubordi (29-23).


"Siti"ning keyingi uchrashuvi yakshanba kuni - 7-o'rindagi "SHeffild"ga qarshi bo'lib o'tadi. Gvardiola bu haqida flesh-intervyuda eslab o'tdi.

"Keyingi o'yinga tayyorgarlik ko'rish uchun bizda 40 soatdan kamroq vaqt bor, taslim bo'lmasligimiz kerak. "Liverpul"ga etib olish juda qiyin, doimo mendan shu haqida so'rashadi, ammo javobim o'zgarmaydi. SHunga qaramas taslim bo'lmaymiz, aks holda CHempionlar ligasisiz qolib ketishimiz mumkin".


Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика