"Siti" Ture va boshqa faxriy futbolchilarni sotishga tayyor
21 mar 2015 16:00
Yangiliklar

"Siti" Ture va boshqa faxriy futbolchilarni sotishga tayyor
"Manchester Siti" tarkibidagi yoshi katta futbolchilarni sotishga tayyor.
ECHL 1/8 finalida "Barselona"ga qarshi o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng tarkibni yoshartirish kerakligini yaqqol namoyon etdi. Asosiy tarkibda tushganlar orasida eng yoshi 27 yoshli Serxio Aguero bo'ldi.
Aguero, Jo Xart, Vensan Kompani, David Silva va Fernandinodan tashqari qolgan futbolchilar klubni tark etishi mumkin. The Guardian nashrining xabariga ko'ra, yozda "Siti" nafaqat Ture, balki Bakari Sanya, Martin Demikelis, Aleksandr Kolarov, Samir Nasri, Gael Klishi, Pablo Sabaleta, Xesus Navas, Fernando, Stevan Yovetich va Edin Jeko bilan xayrlashishi mumkin. Jeyms Milner hamda Frenk Lempard shartnomasi tugashini kutishadi va erkin agent sifatida klubdan ketishadi.
"Inter" ustozi Roberto Manchini may oyida 32 yoshga to'ladigan Turega qiziqayotgandi. Ammo "Siti" ivuarlik futbolchini 20 million funtga baholamoqda. Yaya esa haftasiga 220 ming funt maosh olmoqda. Bunday maoshni Italiyada hech kim to'lay olmasa kerak.
"Siti" yozda Pol Pogba, Kevin De Bryuyne va Ayoze Peres kabi yoshlarni sotib olishi mumkin.

Fikrlar