"Siti" Manchinining maoshini Mavrikiydagi ofshor orqali to'lagan

Aslanov Jasurbek
3 noya 2018, 18:43
"Manchester Siti" klubi jamoa sobiq bosh murabbiyi Roberto Manchinining maoshini noqonuniy yo'l bilan to'lagan.

Ma'lumotlarga ko'ra, italiyalik mutaxassis maoshni "Manchester Siti" egasi shayx Said Bin-Zayidga tegishli BAAning "Al-Jazira" klubi orqali olgan. "Al-Jazira" esa bu pullarni Mavrikiydagi ofshor hisobdan olgan.

Manchini 2009-2013 yillar davomida "Manchester Siti"ni boshqargan. U jamoa bilan APLda chempion bo'lgan, mamlakat Kubogi va Superkubogini qo'lga kiritgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Leaks