"Siti" "Lester"ning ikki futbolchisi uchun 140 million evro to'lashga tayyor
09 iyu 2019 15:41
Yangiliklar
"Siti" "Lester"ning ikki futbolchisi uchun 140 million evro to'lashga tayyor
"Manchester Siti" "Lester"ning ikki himoyachisi Garri Maguayr va Ben CHiluellning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
"Daily Star" xabariga ko'ra, Angliya klub ushbu futbolchilarni sotib olish uchun 140 million evro sarflashga tayyor turibdi. Maguayr "shaharliklar" tarkibida jamoani tark etgan Vensan Kompanining o'rnida harakat qiladi. CHiluell esa tez-tez jarohatlanayotgan Benjamen Mendining alternativi bo'ladi.
Bu mavsumda 26 yoshli Maguayr "Lester" tarkibida 32 o'yinda qatnashib, 3 gol kiritdi. 22 yoshli CHiluell esa 36 bahsda hisobiga 5 assistentlikni yozdirib qo'ydi.
Fikrlar