"Siti" Keyn varianti o'xshamaganidan so'ng Levandovskini sotib olish niyatida
15 iyu 2021 07:58
Yangiliklar
"Siti" Keyn varianti o'xshamaganidan so'ng Levandovskini sotib olish niyatida
"Manchester Siti" yangi hujumchi izlashda davom etmoqda.
"SHaharliklar" "Tottenxem" futbolchisi Garri Keynga qiziqishayotgandi. Biroq, londonliklar xo'jayini Deniel Levi futbolchini o'z jamoasida saqlab qolmoqchi va uni 100 million funtga ham sotish niyatida emas.
SHu sababli, endi "Manchester Siti" etiborini "Bavariya" futbolchisi Robert Levandovskiga qaratmoqchi.
Avvalroq, "Bavariya" polshalik futbolchining o'zriga boshqa hujumchilar izlayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Fikrlar