So’nggi yangiliklar

12:16ОЧЛ-2. "Аркадағ" - "Андижон" учрашувини сингапурлик ҳакам бошқаради  0 11:47U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон билан дуранг ўйнаган Ўзбекистоннинг гуруҳида вазият қандай?  9 11:20Ислом Исмоилов Канада билан ўйиндан сўнг: "Пенальтилар серияси доим режамизда бўлади"  1 10:45Саудия клублари Ҳарри Магуайрга қанча маош таклиф қилгани маълум  1 10:09Вильям Салиба қанча муддатга сафдан чиққани маълум  2 09:30Here we go! Онана "Манчестер Юнайтед"ни тарк этмоқда  17 08:58"Ал Аҳли" Франция U-21 аъзосини 25 миллион еврога сотиб олди  2 08:17Роналду Мессидан ўтиб кетди  21 07:50ЖЧ-2026 саралаши. Португалия Арманистон устидан 5:0 ҳисобида ғалаба қозонди, Англия Андоррани енгди, Сербия эса Латвиядан устун келди  5 07:35Дембеленинг жароҳати жиддий бўлиб чиқди. Унинг қанча муддатга сафдан чиққани эълон қилинди  5 23:05Самарқандда хайрия учрашуви: "Динамо" фахрийлари Ўзбекистон МТЖ афсоналари учрашувида 8 та гол урилди  15 22:31Данни Блинд "Аякс"ни тарк этади  1 22:02Расман: "Барселона" собиқ футболчиси Ашурматов ва Машариповнинг жамоадошига айланди  4 21:22U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон Қирғизистон билан дуранг ўйнади  79 21:09Суперлига 21-тур ҳакамлари расмийлари маълум. Марказий тўқнашувни ким бошқаради?  4

“Siti” yo'lidan chiqqan “qora mushuk” yoki Angliya Liga Kubogi finali prevyusi Yangiliklar

“Siti” yo'lidan chiqqan “qora mushuk” yoki Angliya Liga Kubogi finali prevyusi

Bugun, Toshkent vaqti bilan 19:00da Angliya Liga Kubogi musobqasining final uchrashuvi bo'lib o'tadi. Quyida murosasiz kechishi kutilayotgan ushbu o'yin prevyusini taqdim etamiz.
"MANCHESTER SITI" - "SANDERLEND"

2 mart, 19:00. London, "Uembli".
Hakam: Martin Atkinson.
Ishtirok eta olishmaydi: Yovetich, Nastasich - Vestvud ( hammasi jarohat tufayli)

Liga Kubogi – “Manchester Siti”ning yangi tarixidagi ilk sovrin hisoblanadi. Aynan 2011 yilda qo'lga kiritilgan ushbu kubok bilan “shaxarliklar”ning g'alabali onlari boshlangan edi. Ushbu turnir Angliyadaga mavjud musobaqalar orasida u qadar katta obro'ga ega bo'lmasa-da, “Siti” tarixida shonli onlar unchalik ko'p bo'lmaganini hisobga olib, manchesterliklar unda g'olib chiqish uchun bor imkoniyatlarini ishga solishlariga shubha yo'q.

Undan tashqari Manuel Pellegrini klubdagi lavozimida mustahkam o'rnashib olishi uchun bu sovrinni qo'lga kiritishi juda ahamiyatli. Boisi, “Siti” CHempionlar Ligasidagi yurishini shu bosqichda tugatishga juda yaqin turibdi. Premer-ligada esa oldindan hech narsani aytib bo'lmaydi. Poyga finishi mutlaqo kutilmagan bo'lishi mumkin. Mavsumni sovrinsiz o'tkazish Manchesterning moviy bo'lagini boshqarayotgan murabbiy uchun yomon oqibatlar olib kelishi katta ehtimol.

“Manchester Siti” ushbu musobaqada finalgacha bosib o'tilgan yo'l davomida ko'p ham qiynalgani yo'q. Faqatgina 1/8 final doirasidagi “Nyukasl”ga qarshi o'yin ular uchun bosh og'rig'i tug'dirdi, xolos. “Zag'izg'onlar” ustidan Pellegrini shogirdlari faqatgina qo'shimcha vaqtda ustun keldi. Eng sermahsul bosqich esa, har qancha ajablanarli bo'lmasin, yarim final bo'ldi. Unda “Siti” ikki o'yin natijasiga ko'ra 9:0 hisobida raqibdan ustun keldi.

“Sanderlend” esa, tushunarliki, finalgacha katta mashaqqat va og'ir janglar bilan etib keldi. O'tgan yili Premer-Ligadan tushib ketishga juda yaqin kelgan, hozir esa turnir jadvalida quyidan uchinchi pog'onada joylashgan jamoa uchun bu hol ajablanarli emas. Biroq kubokda “qora mushuklar” o'zlarini metin irodali, kuchli harakterli jamoa sifatida namoyish eta oldi.

O'z yo'lida kimsan “CHelsi” hamda “Manchester Yunayted”dek jamoalarni enggib o'tgan jamoaning finalga munosib yoki munosib emasligi haqida ortiqcha gap so'zning bo'lishi ham mumkin emas.

“Har bir raqib xafli. “Sanderlend”da ham g'alaba uchun ishtiyoq biznikidan kam bo'lmaydi. Balki biz o'yin faqoritidirmiz, biroq unutish kerak emaski, “Sanderlend” finalgacha “CHelsi” va MYUdek kuchli jamoalarni engib o'ta oldi. Ishonchim komilki, kurash o'ta jiddiy bo'ladi”, - dedi o'yin oldidan fiklari bilan o'rtoqlashgan “Siti” bosh murabbiyi Manuel Pellegrini.

Gus Poyet hamda uning shogirdlari uchun bu o'yin “Sanderlend” tarixiga shonli bir bo'lim qo'ishish imkonidir. Balki bu g'alaba, hatto APLdagi o'rindan ham qimmatliroqdir. Biroq sovrinning qimmatliligi faqat tarix sifatida qayd etilishi jihatdan etiborli xolos. Iqtisodiy tomondan esa, albatta premer-ligadan quyi dvizionga tushib ketish, klub uchun juda ham katta yo'qotish bo'ladi.

 Biroq Liga Kubogining Angliya Kubogidan ko'ra bir yaxshi tomoni – finalning ancha erta o'tkazilishidir. CHunki ushbu turnirni yakunlab, butun etiborni chempionatdagi qolgan uchrashuvlarga qaratish mumkin bo'ladi.


“Bizlarni Angliyadagi eng baxtli insonlarga aylanishimizdan 90 yoki 120 daqiqa ajratib turibdi. Finalgacha hech qachon shunchaki etib kelinmaydi. SHuning uchun ham men biz bugun musobaqaning so'nggi o'yinida ishtirok etish huquqini haqli ravishda qo'lga kiritdik deb hisoblayman. So'nggi haftalarda biz boshqa hamma narsani unutib, faqatgina ushbu final haqida o'ylayapmiz. Bu biz uchun ahamiyatli, boshqacha bir baxs. Liga Kubogida bir necha grandlar to'sig'idan o'ta oldik. SHuning uchun ham jamoamni hatto kuchlilar ham engishga qiynaladigan, yaxshi o'yinli kollektiv deb bilaman. Yigitlardan esa faqat bir narsani so'rayman: boringizni berib o'ynang”, - dedi “Sanderlend” bosh murabbiyi.

“Siti” tarkibiga Agueroning qaytishi kutilyapti. U jarohati tufayli bir necha o'ta muhim o'yinlarni o'tkazib yubordi. Hozir esa u to'liq sog'aygan va maydonga qaytishga tayyor. “SHaxarliklar”da finalga tayyorlanish uchun bir hafta vaqt bo'ldi. Keyingi o'yin esa yana bir haftadan keyin bo'ladi. SHundoq ekan, kuchni taqsimlash, kimnidir asrab qo'yishdan hech qanday mano yo'q.

Bugun “Man. Siti” bor kuchini ishga solishi shubhasiz. Biroq o'tgan yilgi chempion “Uigan” bo'lganini ham hisobga olib, shuni aytish mumkinki, bu turnirda har qanday grandni ham oddiy bir autsayder engib qo'yishi hech gap emas. Hatto bu final bo'lsa ham. Muxlislar bu turnirni mana shunday sensaciyalar uchun sevishadi. Ko'ramiz.

Abror Qodirov
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика