"Siti" Gyundoganga bosim o'tkazyapti, "Barselona" esa havotirda
19 iyu 2023 19:44
Yangiliklar
"Siti" Gyundoganga bosim o'tkazyapti, "Barselona" esa havotirda
Oldinroq, 32 yoshli yarim himoyachi "Barselona"ga o'tishga yaqin ekanligi elon qilingandi.
Malumotlarga ko'ra, "Manchester Siti" shartnomasi 30 iyunda yakunlanadigan Ilkayni jamoada saqlab qolmoqchi. Klub shartnomani 2 yilga uzaytirish uchun futbolchiga bosim o'tkazyapti. Buni Pep Gvardiola xohlayapti.
"SHaharliklar" Gyundoganga bo'lgan munosabatini o'zgartirishdi va endi "Barselona" futbolchining qarori o'zgarishi mumkinligidan havotirlanyapti.
Germaniya terma jamoasi xavbeki kelasi haftada yakuniy qaror qabul qilishini aytdi. Hozir uning qo'lida 4ta shartnoma bor: "Manchester Siti", "Barselona", "Arsenal" va Saudiya Arabistonidan.
"Ko'k-anorranglilar" Ilkayga 3 yillik bitim, biroq kam maosh taklif qilmoqda, eng katta maoshni Saudiya klubi taklif qilyapti.
Fikrlar