"Siti" Bernardu Silva bilan yangi bitim imzolamoqchi
04 mar 2019 20:45
Yangiliklar


"Siti" Bernardu Silva bilan yangi bitim imzolamoqchi
"Manchester Siti" rahbariyati jamoa yarim himoyachisi Bernardu Silva bilan yangi shartnoma imzolash niyatida.
Malumotlarga ko'ra, "shaharliklar" Silvaning haftalik maoshini hozirgidan ikki baravar oshirib, 200 ming funtga etkazishmoqchi. Yangi bitim 2025 yilgacha mo'ljallangan bo'ladi.
24 yoshli Silva 2017 yilning yozida "Monako"dan "Manchester Siti"ga o'tgan edi. Transfer 50 mln. evro evaziga amalga oshgandi. Joriy mavsum Silva "Siti" safida barcha turnirlarda 38ta uchrashuv o'tkazdi va bu bahslarda 8ta gol urib, 8ta golli pas berdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar