Sirojiddin Sayfievning ahvoli og'ir!

Narzulla Saydullayev
24 okt 2014, 21:27
Bugun bulib o'tgan "Lokomotiv" - "Dinamo" uchrashuvida raqib himoyachisi bilan jiddiy to'qnashib ketishi natijasida og'ir jarohat olgan samarqandlik futbolchining ahvoli jiddiy.
Stadiondagi tez yordam mashinasi uni shahar jarrohlik markaziga olib borgan. Afsuski uning jarohati o'ta jiddiy bo'lib chiqdi. O'ng oyogining ikki kismi ochiq singan. Shifokorlar suyaklarni bir-biriga ulay olmaganlar va dushanba kungacha osma kilib qo'ydilar. Ayni paytda "Dinamo" hujumchisi Zayniddin Tojiev jamoadoshiga qarayapti. Agar kerakli mablag' topilmay futbolchi jiddiy operaciyani boshidan o'tkazmasa u futbolchilik faoliyati bilan butunlay xayrlashishga majbur bo'ladi.

Umid kilamiz "Dinamo" o'z futbolchisini og'ir kunda tashlab kyetmaydi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia