So’nggi yangiliklar

02:15АПЛ. "Челси" ўз майдонида "Манчестер Юнайтед"ни мағлуб қилди  9 02:09Иван Бошкович: "Жамоага қандай фактор етишмаётганини биламан, бироқ буни тушунтириб беришим жуда қийин"  0 01:26АПЛ. "Тоттенхэм" яна мағлуб бўлди, бу сафар "Астон Вилла"га  2 01:19Саудия Арабистони. "Ал Насср" дуранг ўйнаб, 3-ўринни бой берди, "Ал Ҳилол"дан камбэк!  1 00:33"Сурхон" спорт директори: "Кубокда финалга қадар боришни мақсад қилгандик. Февзи Давлетов номидан узр сўраб қўяман"  1 23:24"Атлетико" Влаховичга қизиқиш билдирмоқда  1 22:30Де Зерби ПСЖ ва "Интер" ўртасидаги EЧЛ финали ҳақида: "Netflix’да фильм томоша қиламан"  3 22:04Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Сўғдиёна"ни мағлуб этди   18 21:58Хёйсеннинг "Реал"даги маоши маълум. АПЛ клублари ҳимоячига кўпроқ пул тўлашга тайёр эди  3 21:35МЮда мавсумнинг энг яхши ўйинчиси аниқланди  0 21:11Хосеп Гвардиола: "Албатта, биз Англия кубогини қўлга киритишни истаймиз, аммо бу биз учун етарли эмас"  1 20:43Хёйсен "Реал" билан 5 йиллик шартнома имзолайди  19 20:20"Атлетико" 55 млн евролик трансферни амалга оширишга яқин  31 19:50УЕФА Чемпионлар Лигаси йўлланмаси учун жиддий кураш. "Чипта" битта — даъвогар эса иккита  9 19:44"Сурхон" — "Сўғдиёна". Асосий таркиблар маълум  2

Sirojiddin Rahmatullaev: "Malayziya klubida o'ynashimni kutmagandim" Yangiliklar

Sirojiddin Rahmatullaev: "Malayziya klubida o'ynashimni kutmagandim"

So'nggi yillarda Malayziyaga ko'chib o'tayotgan legioner futbolchilarimiz ancha ko'payib qoldi.

SHarqiy Osiyoda joylashgan ushbu mamlakatning turli ligalarida ko'plab o'zbekistonlik futbolchilar to'p tepishdi, hozir ham faoliyat olib borishmoqda. Lutfulla To'raev, Dilshod SHarofetdinov, Oybek Qilichev kabi legionerlarimiz safiga yaqinda yana bir o'zbekistonlik futbolchi ham qo'shildi. "Mashal" klubi yarim himoyachisi Sirojiddin Rahmatullaev davralar oralig'ida Malayziya klubi bilan shartnoma tuzganidan xabar topdik va futbolchi bilan suhbatlashishga qaror qildik.

- Suhbatimizni qanday qilib Malayziya klubiga ko'chib o'tganingiz haqidagi savol bilan boshlasak.  

- Menga agentlar birinchi davra oxirida Malayziya klubidan taklif borligini o'zimni sinab ko'rishimni aytishdi. Men rozi bo'ldim va ko'rikdan o'tish uchun Malayziyaga uchib bordim. Kuala-Lumpur shahri sharafini himoya qiluvchi ATM klubida ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tib jamoa bilan shartnoma tuzdim. Bu klub Malayziya Premer-ligasida ishtirok etadi.

- ATM klubida sizni qanday kutib olishdi?

- Yuqorida aytganimdek Malayziyaga faqat ko'rikdan o'tish kelgandim. Kuala-Lumpurga etib kelganimda meni yaxshi kutib olishdi. Klubda barcha sharoitlar yaxshi tashkil qilingani ko'rinib turardi. Dastlab ko'rikka 9 nafar futbolchi taklif qilingandi. Murabbiylar faqat 4 nafar legionerni olib qolamiz deb aytishdi.

- Siz bilan yana qaysi mamlakat futbolchilari klubda qoldi?

- Qozog'istondan ikki nafar o'yinchi qoldi. Men va yana bir afrikalik futbolchi bilan shartnoma tuzildi. To'g'risi Malayziyada o'ynashimni umuman kutmagandim.

- Klubning ikkinchi davra uchun maqsadi qanday?

- ATM 2015 yilgi mavsumda Malayziya Superligasidan premer-ligaga tushib ketgandi. Ayni paytda klub ligada qolish uchun kurashmoqda. Rahbariyat bizga aynan shuni vazifa qilib qo'ygan.


- Malayziyada o'ynayotgan boshqa hamyurtlarimiz bilan ko'rishish nasib qildimi?
- Ha. Klubimiz “Perak” bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi. O'sha bahsda raqib safida Oybek aka Qilichev o'ynadi. Ular bilan ko'rishib gaplashdik.

- Murabbiy sizdan legioner sifatida nima kutmoqda?

- Bosh murabbiy mahalliy mutaxassis. U menga ishonadi. Jamoani premer-ligada olib qolish uchun barchamiz birga ishlashimiz kerakligini aytib o'tdi.

- Klub bilan qancha muddatga shartnoma tuzdingiz?

- Olti oylik shartnomaga imzo chekdim. Dastlab ular menga 2 yillik kelishuvni taklif qilishgandi. Menga yarim yillik shartnoma maqul edi. Sababi shu yarim yilda Malayziyaga moslashib olsam kelishuvni yana uzaytirishim mumkin.

- Qancha maosh olishingizni oshkor qila olasizmi?

- Afsuski yo'q. Klub bilan tuzilgan shartnomaga ko'ra maoshim sir tutilishi kerak.

- Hozir qaerda yashayapsiz?

- ATM Kuala-Lumpurdan uy olib berdi. U erda qozog'istonlik futbolchilar bilan birga yashayapman. Klub bizga mashina ham taqdim qildi.

- Malayziya stadionlari haqida qanday fikrdasiz?

- To'g'risi bu erda ko'plab o'yinlar o'tkazdim. Hozirgacha umuman yomon stadionni ko'rganim yo'q. Barcha stadionlar zamonaviy ko'rinishga ega ekan.

- Muxlislik madaniyati qanday? O'yinlarga qancha odam kelmoqda?

- Malayziyada futbolni juda yaxshi ko'rishadi. Xattoki o'rtoqlik o'yinlariga ham minglab muxlislar kelib jamoalarni qo'llab turishadi. Agar derbi bahslari bo'lsa stadion to'ladi.

- Malayziyaning birinchi ligasining saviyasi qanday ekan?

- Premer-liganing saviyasi yaxshi darajada. Klublarning infratuzilmalari ijobiy darajada. Lekin baribir klublardagi legiogerlar mahalliy futbolchilardan ajralib turishadi.

- Klubining nomi nimani anglatadi?

- “Angkatan Tentera Malaysia” buning tarjimasi Malayziya qurolli kuchlari degan manoni anglatar ekan. Klub bosh homiysi aynan qurolli kuchlar ekan.

- Qanday qilib futbolga kirib kelgansiz?

- O'zim Qarshi shahrida tug'ilganman. Dastlab Qarshi shahridagi futbol maktabida o'qiganman. 3 yildan so'ng hozir “Bunyodkor”da ishlayotgan Baxtiyor Boboev meni “Mashal” klubining akademiyasiga taklif qilgandi. 2007 yilda Qarshi jamoasi safida Muborakda musobaqada o'ynagandim, o'shandan buyon “Mashal” sharafini himoya qilib kelayotgandim.

- Futboldagi birinchi murabbiy kim bo'lgan?

- Qarshida Umar aka Rahmatullaev qo'l ostida shug'ullanganman. Aynan shu inson men uchun birinchi ustozim hisoblanadi.

- Akademiyada qaysi futbolchilar bilan birga o'qigansiz?

- Muborakda Jahongir Abdumo'minov, Ixtiyor Toshpo'latov, SHahzod SHaymanov, Xolmurod Xolmurodov va Iskandar SHoyqulov kabi futbolchilar bilan birga tahsil olganman.

- Qarshi murabbiylar qo'l ostida ishlagansiz?

- “Mashal” akademiyada Vodim SHodimatov, Seid Seidov va Jamshid Saidov kabi murabbiylar bilan ishlgandim.

- “Mashal”ning asosiy tarkibida kam o'ynardingiz. Biroq nima uchun aynan sizga xorijdan taklif bo'lgani o'ylantirmadimi?

- Yo'q o'ylantirmadi. Sababi ikkinchi davrada “Mashal”dan boshqa klubda o'ynashni rejalashtirib turgandim. Klub vice-prezidenti Ilhom aka Qurbonov bilan gaplashdim. O'zimni xorijda sinab ko'rmoqchiman deganimda menga omad tiladilar.

Narzulla Saydullaev

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика