So’nggi yangiliklar

18:27"Комо" "Манчестер Сити" футболчисни сотиб олди  0 17:59Альканатара "Барселона" мураббийлар штабига қайтмоқда  0 17:30МЮ яқин орада янги базасини очади. Унда сартарошхона ҳам бўлади  1 17:02Манба: Мбеумо МЮга ўтди  2 16:40"Реал" собиқ ҳимоячиси фаолиятини "Ювентус"да давом эттириши мумкин  0 16:36"Персеполис" Шукуров вариантини танламади, бунинг сабаби маълум қилинди  4 16:08Тен Ҳаг: "Антони ҳали ҳам мен учун ўғлимдек, аммо у "Байер"га қизиқ эмас"  0 15:37Ямалнинг отаси ўғлини танқид қилувчилар ҳақида: "Одамлар бошқаларга қарайди, кейин ҳасаддан ўлади. Бу уларнинг муаммоси".  5 15:08Обамеянг "Ал Қодисия"ни тарк этди ва Европага қайтиши мумкин  2 14:40Терма жамоага хорижлик мураббий керакми?  98 14:16Снуп Догг Британиянинг машҳур клуби эгасига айланади  3 13:49"Манчестер Сити"нинг янги мавсум учун меҳмон либоси тақдим этилди  1 12:49Расман: Суннатуллоҳ Ҳамиджонов "Андижон"га қайтди  1 12:30Еврокубокда ақлдан оздирадиган камбэк! Финляндия клуби "Барселона" ва "Реал"нинг қаҳрамонлигини такрорлади  6 12:05Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Москвага жўнаб кетди  6

Siroj Meliev: “Vaziyatlarimizdan to'liq foydalana olmadik” Yangiliklar

Siroj Meliev: “Vaziyatlarimizdan to'liq foydalana olmadik”

Pro liga 14-turidan o'rin olgan “Buxoro” – “Yangier-quruvchi” (3:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar futbolchisi Siroj Meliev fikrlariga quloq tutdik.

Malumot uchun, Meliev birinchi davrani aynan “Yangier-quruvchi” safida o'tkazgan va davralar oralig'ida “Buxoro”ga ko'chib o'tgandi. 

- Biz mazkur bellashuvga astoydil tayyorgarlik ko'rgan edik. Buni esa maydonda ko'rsata oldik. Hisob yanada yirik tarzda yakunlanishi mumkin edi. Lekin ko'plab imkoniyatlarimizdan foydalana olmadik. Xudoga shukrki, ikkinchi davrani o'z muxlislarimiz qarshisida g'alaba bilan boshladik. Qolgan o'yinlarga ham tayyorgarlikni davom ettiramiz.

“Buxoro”ga o'tishi xususida

- Avvalo “Yangier” jamoasi rahbariyati va murabbiylariga meni to'g'ri tushungani uchun minnatdorchilik bildiraman. Davralar oralig'i vaqtida “Buxoro”dan taklif tushdi. Bosh murabbiy Hakim Fuzaylov bilan ilgari birga ishlaganim sababli, shaxsan o'zlari meni o'z jamoasiga taklif qildi. Bilasiz, jamoa yana Superligaga qaytishni rejalashtirmoqda. SHu sabab jamoani almashtirishga qaror qildim. 

Superliga yo'llanmasi uchun kurash xususida

- Jamoadagi barchaning maqsadi “Buxoro”ni yana Superligaga qaytarish hisoblanadi. Buni barchamiz yaxshi bilamiz va tushunib turibmiz. Oldinda turgan o'yinlarda ijobiy natijalar orqali vazifani bajara olamiz. 

Oxirgi vaqtlarda tez-tez jamoa almashtirishi borasida

- Tez-tez jamoa almashtirib turish hech qaysi futbolchiga ham yoqmasa kerak.  Bunga sabab bizdagi klublarning kelajak uchun tuzgan rejalari uzoq yillik bo'lmagani deya olaman. Odatda, klublarimiz o'z oldiga bir yillik reja tuzadi va shuning uchun futbolchilar bilan ham bir yillik shartnoma qilinadi.  Yangi mavsumda esa jamoada yangi homiy, rahbariyat almashadi. Qolaversa, murabbiylarni almashtiradi. Qarabsizku, futbolCHilar ham shu tartibda yana yangi jamaoga yo'l olishmoqda. Agar jamoa o'z oldiga reja tuzib, uzoq yillik maqsadlarni qo'yganida edi,  futbolcilarni ham shunga qarab tanlab uzoq yillik bitim imzolagan bo'lardi.

Har bir futbolchi klub bilan uzoq yillik shartnoma qilib, jamoa uchun boringizni berishga va sodiqlik bilan muxlislarini xursand qilishni istaydi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика