So’nggi yangiliklar

07:38Футзал. Бугун Эронга қарши финал йўлланмаси учун баҳс олиб борамиз  0 07:15U-23 Осиё кубоги. Қатар - Япония 2:4  0 07:12Реванш олиш вақти келди. Бугун Ўзбекистон ОТЖ Саудия Арабистонига қарши майдонга тушади  9 07:10U-23 Осиё кубоги. Жанубий Корея - Индонезия 2:2 (пенальтилар 10:11)  1 07:05Серия А. "Удинезе" - "Рома" 1:2  0 07:00АПЛ. "Брайтон" - "Манчестер Сити" 0:4  0 04:48Интервью. Исломбек Исмоилов: "Мураббийнинг ҳаёти ўйиндан ўйингача"  1 01:56U-23 Осиё кубоги. Даҳшат! Индонезия Жанубий Кореяни енгиб, ярим финалга йўл олди. Жамоалар 12 тадан пенальти тепишди  47 00:28Швейцария Суперлигасида ўйин олдидан қорли стадионни мухлислар тозалашди  0 00:11U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон Саудия Арабистонига қарши ўйинолди машғулоти ўтказди  3 23:54АПЛда ўйнайдиган икки нафар футболчи зўравонликда гумонланиб, ҳибсга олинди  8 23:37Франция президенти Дрогба ва Азар билан бир жамоада футбол ўйнаб, пенальтидан гол урди  3 23:10Ҳожимат Эркинов: "Учрашувнинг асосий вақтида ғалаба қозонишни мақсад қилганмиз"  14 22:46Ямал тепган тўп дарвозага кирганмиди? Лунин жавоб берди  34 22:08U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон Саудия Арабистонига қарши ўйинолди машғулоти ўтказди  15

O'zbekiston terma jamoasi Singapurda g'alaba qozondi Yangiliklar

O'zbekiston terma jamoasi Singapurda g'alaba qozondi

Singapur hamda O'zbekiston terma jamaoalari o'rtasidagi uchrashuv yakunlandi.

Singapore

Ikhsan Fandi - 45'

World Cup Qualification AFC 2nd Round Grp. D . 4-tur

15/10/2019, 16:45

3
:
1
Tugadi

Uzbekistan

Odil Akhmedov - 15', Eldor Shomurodov - 51', Eldor Shomurodov - 90'

Stadion: 12547 tomoshabin

45'
90'
31'  Shawal Anuar
45'  Ikhsan Fandi
61'  Shawal Anuar (Faris Ramli)
69'  Ikhsan Fandi (Gabriel Quak Jun Yi)
81'  Zulfahmi Arifin (Irwan Shah)
15'  Odil Akhmedov
51'  Eldor Shomurodov
52'  Otabek Shukurov (Ikrom Alibaev)
57'  Jaloliddin Masharipov
70'  Jaloliddin Masharipov (Sardor Mirzayev)
90'  Eldor Shomurodov
90'  Dostonbek Khamdamov (Igor Sergeev)


Singapur – O'zbekiston 1:3

Gol: Fandi 45- Ahmedov 15, SHomurodov 51, 90+2.

Bosh hakam: SHen Yinhao (Xitoy)

Yordamchi hakamlar: Song Ciangyun (Xitoy), Jang CHeng (Xitoy).

Zaxira hakami: Jang Ley (Xitoy).

Nazoratchi: Ala Al Abadi (Iroq).

Komissar: Kanya Keomani (Laos).


Singapur: Izvan Mahbud, Nazrul Nazari, Irfan Fandi, Safuvan Baharudin, Zulfahmi Arifin, SHahdan Sulaiman, Xariss Xorun, Hami Syahin, SHaval Anuar (Faris 61), Hafiz Nur, Ehson Fandi (Gabriel Yun Ni 69).

Zaxira: Zarfan, Hassan, Firdavs, Irvan, Darren, Baihakki, Ajli, Hazzuvan, , Yosir, Fariz, Gabriel.


O'zbekiston: 1.Eldor Suyunov - 4.Farruh Sayfiev, 5.Rustam Ashurmatov, 20.Islom To'xtaxo'jaev, 3.Xojiakbar Alijonov - 7.Otabek SHukurov (8.Ikrom Aliboev 52), 9.Odil Ahmedov, 13.Sanjar Qodirqulov - 10.Jaloliddin Masharipov (18.Sardor Mirzaev 70), 17.Dostonbek Hamdamov, 14.Eldor SHomurodov.

Zaxira: 12.Sanjar Quvvatov, 16.Abdumavlon Abdujalilov, 2.SHarof Muhitdinov, 6.Azizjon G'aniev, , 11.Temurxo'ja Abduxoliqov, 15.Egor Krimec, , 19.Akbar Ismatullaev, 21.Igor Sergeev, 22.Jamshid Iskanderov, 23.Xurshid G'iyosov.

Ogohlantirishlar: Aliboev 57.



UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+2. SHOMURODOVVV! Ikromning aqlli uzatmasidan so'ng Eldor darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chikdi va uni aldab o'tdi. Biroq bu safar adashmadi va o'yinga nuqta qo'ydi! 1:3


90. Uchrashuv asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.

84. Stadion xavfsizlik xodimlari o'zbekistonlik muxlislar sektori oldida bir ishqibozni qo'lga oldi, biroq ko'rinishidan hibsga olingan shaxs o'zbekka o'xshamadi.

83. Farruh Sayfiev o'zi zarba beradigan vaziyatda SHomurodovga pas berishni maqul ko'rdi va qarori xato bo'lib chiqdi. Uzatma manziligacha etib bormadi.

82. Hammasi joyida, futbolchimiz maydonga qaytdi.

80. Odil Ahmedov jarohat olgan ko'rinadi. SHifokorlar maydonda unga yordam ko'rsatishmoqda.

76. Zulfami Orifin Ronalducha "stoyka"da turib, to'pga zarba berdi. Biroq "stoyka"dan boshqa hech narsa Ronaldunikiga o'xshamadi.

75. Darvozamizdan taxminan 40 metr uzoqlikda mezbonlar standart ishlab olishdi. Himoyachilarimiz avvaliga to'pni o'z jarima maydonchalaridan uzoqlashtirishdi, biroq hujumning ikkinchi to'lqini yana ham yaqinroqda sodir bo'lgan fol bilan yakun topdi.

70. O'zgarish: Masharipov o'rniga Sardor Mirzaev maydonga tushdi.

67. SHomurodov jamoadoshining ajoyib uzatmasini o'ziga to'g'irlab oldi va jarima maydoni ichidan Singapur darvozasiga zarba berdi. To'p to'singa tegib qaytdi va xavf yo'qqa chiqdi.

66. Navbatdagi vaziyatda ham Ikrom ishtirok etdi. Bu safar jabrlanuvchi rolida. Mezbon jamoa o'z jarima maydonchasi yonginasida qoida buzdi. To'p oldida yana Odil Ahmedov. Biroq bu safar zarbani Aliboev ijro etdi, to'p jonli devorga tegib, maydonni tark etdi.

64. Ikrom Aliboev SHomurodovdan to'pni qabul qilganidan so'ng, to'pni unga qaytardi, biroq Eldor zarba uchun ajoyib vaziyatga ega bo'ldi va zarba ham berdi. To'p to'rga tashqi tomondan tegdi.

61. O'zgarish: SHaval Anvar o'rniga Faris Ramli maydonga tushdi.

59. Alijonov qanotdagi to'p uchun kurashda raqibini engib, jarima maydonchasiga erlatib pas berdi. Posbon bir urinishda to'pni egallay olmadi, ammo raqibning baxtiga SHomurodov zarba berishga ulgurmadi, aks xolda Eldor dublni nishonlayotgan bo'lardi.

57. Sariq kartochka. Masharipov maydon markaziga yaqin hududdagi foli uchun jazolandi.

54. SHOMURODOV! Hamyurtimiz havodagi kurashda so'nggi himoyachidan ustun keldi, posbonni ham aldab o'tdi, biroq so'nggi zarbada biroz shoshib qoldi va bo'sh darvozani ishg'ol qila olmadi.

52. O'zgarish: SHukurov o'rniga Aliboev maydonga tushdi.

51. GOOOOL!!! SHOMURODOV!!! Bu golda Farruh Sayfievning ajoyib uzatmasini alohida takidlab o'tmasak bo'lmaydi. Farruhning uzatmasini SHomurodov o'z uslubida (bosh bilan) golga aylantirdi.


50. Masharipov o'z qanotidan jarima zarbasini amalga oshirdi. U uzatgan to'pni raqib posboni Nazrul Nazari egallab oldi.

47. Bo'limning dastlabki xavfli vaziyati mezbonlar hisobiga yozildi. Uzoq burchakka uzatilgan pasga Anvar eta olmadi.

46. Ikkinchi bo'limga start berildi!

- Jamoalar maydonga qaytishmoqda.




- Bizdan uzoqlashmang, tanaffusda ajoyib suratlarni taqdim etamiz.

TANAFFUS!

45. GOL! Raqib hisobni tenglashtirdi. Ehson yoki Ihson Fandi jarima maydonchasiga uzatilgan to'pni boshi bilan darvozaga burdi va hisobni tenlashtirdi. Eldor Suyunov bor kuchi bilan to'pga otilganiga qaramasdan, to'p darvozamizdan joy oldi.

44. Hafiz Nor chap qanotdan to'pni jarima maydonchamizga tashladi, Farruh Sayfiev to'pni tepib yuborishda biroz hisob kitobda adashdi. Natijada to'p avval oyoqqa, keyin qo'liga tegdi... Butun stadion penalti bo'ldi deya "portladi", ammo hakam o'ynash mumkinligini ko'rsatish bilan cheklandi.

40. Alijonovning o'z qanotidan bergan ajoyib pasidan so'ng Hamdamov qulay vaziyatdan to'pni darvozaga burishga urindi, biroq biroz aniqlik etishmadi.

37. Bu safar Sayfiev o'z qanotidan jarima maydonchasiga yorib kirdi va bir harakat bilan raqibni shimolga sirpantirdi. Uning o'ng oyoqda bergan zarbasidan so'ng mezbonlar posboni qiyinchilik bilan to'pni egallab oldi.

35. SHOMURODOV! Hamdamov pasidan so'ng Odil Ahmedov to'pni engilgina harakat bilan raqib jarima maydonchasiga tashladi. Hujumdagi Eldorimiz bosh bilan zarba berdi, biroq noaniq.

34. Xojiakbar Alijonov raqib jarima maydonchasiga yorib kirdi, ammo uning uzatmasini golga aylantiradigan futbolchi topilmadi.

33. Singapurliklarning ajoyib kombinaciyasi gol bilan yakunlanishi mumkin edi, biroq so'nggi uzatmadan so'ng Eldor Suyunov to'g'ri yo'lni tanladi va raqibdan oldinroq chiqib, to'pni egallab oldi.

31. Jarima zarbasidan so'ng Suyunov to'pga otilib, uni qaytardi. Qaytgan to'pni Qodirqulov egallab oldi va qarshi hujumga o'tdi, biroq raqib futbolchisi o'z jarima maydonchasiga yaqin hududda qoidani buzdi. Standart vaziyatdan esa unumli foydalana olmadik.

29. Fandi va To'xtaxo'jaev O'zbekiston darvozasi tomon yo'l olgan to'p uchun kurashda singapurlik futbolchi g'olib chiqdi, biroq baxtimizga raqib o'ylagan g'oya amalga oshmadi va to'p maydondan chiqarib yuborildi.

28. Ehson Fandi to'pni qabul qilishi bilan yon hakam bayroqchasini ko'tardi. Ofsayd

25. Ahmedovning uzatmasidan so'ng to'p chap qanotda jarima maydonchasi chizig'i ustidan turgan Masharipovga tushdi. Jaloliddin o'ng oyog'ida zarba beraman deb aldab, bir futbolchini "xot-dogga yubordi". Biroq chap oyoqda berilgan zarba kutilganidek chiqmadi.

23. Singapurlik himoyachi to'pni darvozabonga uzatishda xatoga yo'l qo'yganida SHomurodov posbon bilan birga-bir vaziyatga chiqardi, afsuski bunday bo'lmadi.

21. Raqib hujumlar sonini ko'paytirmasligi uchun futbolchilarimiz follar yordamida biroz tempni pasaytirishmoqda. Bu albatta o'ylangan reja!

15. ZARBAAAAAAAA! GOOLLLLL! Odil Ahmedov Osiyo chempionatida Ummonga urgan golini takrorladi. BARAKALLA!

14. Yana mezbon jamoa jarima maydonchasi oldida qoidabuzarlik. To'p oldida Ahmedov va Masharipov! 

13. Mezbonlar o'z burchak bayroqchasi va jarima maydonchasi oldida qoida buzishdi. Doston to'pni Alijonovga uzatdi, biroq Xojiakbarning uzatmasi muvaffaqiyatsiz chiqqani bois singapurliklar qarshi hujumga o'tishga intilishdi. Sayfiev va Suyunovning say harakatlari bilan xavf bartaraf etildi.

11. Burchakdan uzatilgan to'pga singapurlik futbolchi boshi bilan zarba berdi, to'p yo'nalishini darvozaga burishga intilgan raqib o'yinchisi Suyunovga nisbatan qoida buzdi va darvozamiz oldidagi hujum yo'qqa chiqdi.

10. SUYUNOV! Darvozamizdagi Eldor terma jamoamizni goldan qutqarib qoldi.

9. Stadionda nafaqat futbolchilar balki muxlislar ham o'zaro kurashishmoqda. Singapur burchak bayroqchasi tomonda hamyurtlarimiz bor ovozlari bilan terma jamoamizni qo'llab turibdi, O'zbekiston MTJ bayroqchasi tomonda esa singapurlik ishqibozlar bo'sh kelishmayapti.

8. MASHARIPOV! Jaloliddin Eldor SHomurodovning ajoyib pasini golga aylantira olmadi. Birinchi gollik vaziyat qo'ldan chiqdi.

6. To'pni chiroyli to'xtatish navbati Odil Ahmedovniki ekan. Ahmedov o'ziga bo'ysundirgan to'pni Singapur jarima maydonchasiga uzatdi, ammo posbon to'pga hammadan oldin chiqib, uni egallab oldi.

4. Raqiblarimizdan dastlabki xavfli hujum. SHaval Anvar havolatib uzatilgan to'pni o'ziga juda yaxshi to'g'irlab oldi va jarima maydonchamizga uzatma amalga oshirdi, biroq to'pga zarba beradigan futbolchi topilmadi.

3. Hamdamov raqib maydonchasida to'pni olib qo'ygandi, ammo qo'l bilan o'yin bo'lgani uchun referi xushtak chalib, qoida buzilganini ko'rsatdi.

1. To'pni singapurliklar o'yinga kiritdi va bahs boshlandi. Terma jamoamizning dastlabki hujumi zarba bilan yakunlangandi, ammo qanot hakami ofsayd borligini ko'rsatib, bayroqchasini ko'tardi.

- Ikki mamlakat madhiyasi yangradi va ular qarsaklar bilan kutib olindi. Sardorlar bahsni kim boshlashi haqida kelishib olishdi, terma jamoamiz ekraningizning chap qismida bo'ladi.

- Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda. Qizil futbolkada Singapur, oq formada esa O'zbekiston.

- Yigitlar chigalyozdi mashqlarni yakunlab, kiyinishxonasiga yo'l olishdi.

- Mahalliy muxlislar stadionning faqat bir tomonidan joy olishmoqda. 

- O'zbekiston terma jamoasi chigalyozdi mashqlarni boshlab yubordi. Futbolchilar muxlislarimiz tomonidan iliq kutib olindi.

- Bu stadionning umumiy ichki ko'rinishi. Arenaning usti yopiq. Yomg'ir bu o'yinga halal bera olmaydi. Biroq havo issiq, xatto futbolkada ham terlab ketyapmiz. Futbolchilarni gapirmasa ham bo'ladi.

- Muxlislarimiz allaqachon o'z joylarini egallab, baraban va tomoqlarni sozlab olishgan.

- Assalomu alaykum saytimizning qadrli o'quvchilari, bir necha daqiqalardan so'ng Singapurdagi "Milliy stadioni"da Singapur hamda O'zbekiston terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvga start beriladi.



Reyting: +167   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика