So’nggi yangiliklar

00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  4 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  3 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  6 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  6 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  1 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  2 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  10

Sin Kxo: "Bu muxlislar jangi bo'ladi" Yangiliklar

Sin Kxo: "Bu muxlislar jangi bo'ladi"

O'zbekiston milliy terma jamoasini ortda qolgan uchta o'yinda muxlislar juda ham alo darajada qo'llab-quvvatlab turdilar.
Bu gaplar, Janubiy Koreya nashrlaridan birida fotomuxbir sifatida faoliyat olib borayotgan hamkasbimiz, Sin Kxoga tegishli. U bilan Iordaniya - Yaponiya terma jamoalari o'rtasida bo'lib o'tayotgan uchrashuvda ikki og'iz suhbatlashdik.

"SHuni takidlashim lozim, bizning muxlislar ham chakki emas. Son jihatidan biroz ustunmiz. Biz doimo yaponlar bilan raqobatlashamiz. Muxlislarimiz ham ulardan qolishishni istashmaydi. So'nggi yillarda Xitoy ham safimizdan joy ola boshladi. Umuman olganda stadiondagi atmosfera futbolchilarning ruxiyatiga tasir o'tkazadi", - deydi hamkasbimiz.

O'yin borasida uning fikrlari ancha kamtarona bo'ldi:
- Oxirgi 4 yil terma jamoangizda katta o'sish bo'ldi. Sizlardan yuz o'girgan omad bizga kulib boqdi va biz JCHga chiqdik. Ertangi o'yindagi g'alabani bizdan ko'ra ko'proq sizning futbolchilaringiz istashlari tabiiy. Hozir hech bir o'yinni terma jamoamizga osonlik bilan yutmayapti. U davrlar ortda qoldi. Mana birgalikda ko'rib turgan o'yinimizda ham Iordaniya juda yaxshi harakat qilyapti. Bu terma jamoani bizdan ko'ra yaxshiroq bilasiz. Garchand, yaponlar turnir favoriti bo'lsada, hozir ularga oson bo'lmayapti.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика