Simon Minole: “Luiz gol urishidan oldin Konte bilan gaplashib turgandi”
04 fev 2017 02:36
Yangiliklar
Simon Minole: “Luiz gol urishidan oldin Konte bilan gaplashib turgandi”
“Men “jonli devor”ni o'rnatayotgandim, ammo o'yindan keyin suratlarda hakam hushtak chalib, to'pni tepishga ruxsat bergan vaziyatni ko'rdim. Men buni eshitmadim. Eshitilgan bo'lsada, bu muxlislarning minbardan chalingan hushtakvozligi deb tushundim. SHu sabab himoyachilarni o'z joylarini egallashlarini tushuntirish bilan band edim.
Goldan 4 soniya ilgari David Luiz maydon chetida Antonio Konte bilan vaziyatni muhokama qilib turgandi va men aynan u zarba berishini kutmagandim. Yakunda u ajoyib zarba yo'lladi va to'p darvozaga borib tushdi.
Biz uchun omadsiz kechgan yanvar oyi ortda qoldi. Oldinga intilib, qolgan o'yinlarda muhim ochkolarni qo'lga kiritishga urinib ko'ramiz. So'nggi o'yindagi harakatlarimiz bizga ishonch bag'ishladi, kayfiyatimiz ko'tarildi”, deydi darvozabon.
Fikrlar