Simon Ker: 10 yil oldin Realga o'tishim mumkin edi
12 noy 2017 23:55
Yangiliklar
Simon Ker: 10 yil oldin Realga o'tishim mumkin edi
Sevilya himoyachisi Simon Ker o'z vaqtida Realda o'ynashi mumkin bo'lgan ekan.
28 yoshli futbolchi 2007 yilda Midtyullanddan Real Madrid Kastilyaga o'tishga yaqin bo'lganini aytdi.
Madridist bo'lish imkoniyati bo'lgandi. Nima uchun bilmayman, lekin Midtyulland buni istamagan, – deydi Ker.
Real uni ko'rikdan o'tishga taklif qilgan va keyin 600 ming evro taklif qilgan, ammo Daniya klubi ko'proq pul so'ragan.
Ker bir yildan so'ng Palermoga 4 million evro evaziga ko'chib o'tgandi.
Fikrlar