Simeone unga "Atletiko"ning "Selta" bilan o'yindagi yuqori tempi yoqqanini aytdi
16 avg 2021 13:56
Yangiliklar
Simeone unga "Atletiko"ning "Selta" bilan o'yindagi yuqori tempi yoqqanini aytdi
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone Ispaniya chempionati 1-tur doirasidagi "Selta" (2:1)ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Biz juda yaxshi o'yin o'tkazdik. Birinchi bo'limda o'yinni nazorat qilgan holda, juda yaxshi o'ynaydigan raqibga ko'p muammo tug'dirdik.
Ikkinchi bo'limda penaltidan o'tkazib yuborilgan goldan so'ng biz yaxshi munosabat bildirdik, tezroq o'ynadik va ikkinchi golni urdik. Meni o'yinning yuqori tempi juda ham xursand qildi", - deydi Simeone.
"Atletiko" tarkibida Anxel Korrea dubl qayd etgan bo'lsa, mezbonlar tarkibida Yago Aspas 11 metrlik nuqtadan gol urdi. Madridliklar keyingi o'yinni 22 avgust kuni "Elche"ga, Vigo jamoasi esa keyingi kuni "Osasuna"ga qarshi o'tkazadi.
Fikrlar