Simeone Suaresning kelajagi haqida gapirdi
15 may 2022 09:15
Yangiliklar


Simeone Suaresning kelajagi haqida gapirdi
“Atletiko” ustozi Diego Simeone hujumchi Luis Suares yozda jamoani tark etishini tasdiqladi.
“Luis bilan noyabrda gaplashgandim. Bu uzoq, jiddiy, ammo samimiy suhbat bo'ldi. Har ikki tomon o'z kelajagi va bugunini qanday ko'rishi haqida gaplashdik. O'shandan boshlab bir-birimizning qarorimizni xurmat ko'rsatdik. SHu sababli, undan cheksiz minnatdorman”, deydi argentinalik mutaxassis.
Suares joriy mavsum “matraschilar” safida 43 bahsda qatnashib, 13+2 natijaga erishdi. 2019 yildan beri madridliklar sharafini himoya qilmoqda.
O’xshash yangiliklar
14:24
"Neftchi" o'z uyida "So'g'diyona" ustidan qiyin g'alabaga erishgan murosasiz bahsdan GALEREYA 1

Fikrlar