So’nggi yangiliklar

21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хёйсен эса...  0 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  2 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  4 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  7 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  4 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  2 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  3 18:31Футболда ринг нафаси: Майкл Баффер Клублар ўртасидаги ЖЧга таклиф этилди   2 18:03"Футбол олами". Биринчи давра якунланди  1 17:47Сулоланинг янги вакили: Петр Чехнинг ўғли "Фулхэм" билан биринчи шартномасини тузди  7 17:19Гильермо Очоа ўзининг олтинчи мундиалида қатнашмоқчи  2 16:50Ушалмай қолган орзу: "Порту" Жотани қайтармоқчи эди  1 16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  1 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  5 15:24Дибала "Ливерпуль" нишонида  9

Simeone "Selta" bilan durang haqida: "Adolatli hisob. Biz birinchi taymdagi golga, ular esa ikkinchi taymdagi durangga loyiq emas edi" Yangiliklar

Simeone "Selta" bilan durang haqida: "Adolatli hisob. Biz birinchi taymdagi golga, ular esa ikkinchi taymdagi durangga loyiq emas edi"

"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone La Liga doirasidagi "Selta" (2:2)ga qarshi o'yindagi durang haqida gapirdi.

"O'yindan juda ko'p ijobiy taassurotlar oldim. Ikkinchi taymda Lodi, Kondogbia, Torreyra va Korrea yaxshi o'ynadi. Bu kelajak uchun muhim narsalardir. Uchrashuv starti qiyin kechdi, raqib yaxshi o'ynadi. Imkoniyatlar esa ikki jamoada ham kam bo'ldi.

Sxema o'zgargani sabab ikkinchi bo'limda yaxshiroq o'ynadik. Durang - haqli natija. Biz birinchi taymda golga, ular esa ikkinchi bo'limdagi durangga loyiq emas edilar. So'nggi o'yinlarda bizga kam gol urishmayapti. Jamoaning kuchsiz jihatlarini yaxshilashimiz kerak.

Biz ko'plab qiyinchiliklar bilan og'ir vaqtda yashayapmiz. Faqatgina "Atletiko" o'yinchilari kasallanayotgani yo'q. Bizda ko'p o'ynamagan futbolchilar bor. Yigitlarning tez orada sog'ayib ketishlariga umid qilamiz. "Atletiko" - jamiyatning bir qismidir.

Favoritlar? Natijalarga qarab mavsum davomida fikrlar turlicha bo'lishi odatiy holdir. Biz yo'limizda davom etamiz, biz o'yindan o'yinga olg'a qadam tashlashimiz kerak. Bizning shanba kuni "Granada"ga qarshi o'yinimiz bor va biz o'yinchilarning qaytishini kutmoqdamiz.

Gollar urgan Suares haqida gapiradigan bo'lsak, u jarima maydoni atrofida imkoniyat bo'lganida muhim o'yinchi. Biz jamoa sifatida qo'shishga umid qilamiz", - deydi Simeone.

→ "Atletiko"ga "Selta"ga qarshi o'yinda koronavirus sabab qaysi o'yinchilar yordam bera olmadi? 

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика