Simeone: "Rodri uchun xursandman. U "Oltin to'p"ga loyiq"
31 okt 2024 13:22
Yangiliklar
Simeone: "Rodri uchun xursandman. U "Oltin to'p"ga loyiq"
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone "Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodri "Oltin to'p" sovrinini qo'lga kiritganiga munosabat bildirdi.
"Rodri uchun xursandman. U bunga loyiq bo'lgan ajoyib futbolchi. U safimizda faqatgina bitta mavsum o'tkazgan bo'lsada, ajoyib taassurot qoldirgan. O'shanda Rodri qolishi uchun kurashgandik. "Siti"ga o'tishga qaror qilgan va o'sishga erishdi, dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun ko'plab ishlarni amalga oshira oldi. "Atletiko"dagi bir yil davomida u bizga ko'p narsa bera olgan.
SHuning uchun u uchun juda xursandman, [uning g'alabasi] adolatli qaror. Biz, xavbeklar uchun, mehnatimizga munosib baho berilishi o'ta yoqimli, chunki odatda u etibordan chetda qoladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЖЧ-2026га қуръа ташланди. Барча гуруҳлар маълум!
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Плей-офф: "Қўқон-1912" ва "Машъал" Суперлигада қолди
Месси ўз рекордини янгилашда давом этмоқда
Fikrlar