Simeone: "O'ylashimcha, Messi "Atletiko"ga qarshi bahsda o'ng qanotda o'ynaydi"
28 jan 2015 12:48
Yangiliklar


Simeone: "O'ylashimcha, Messi "Atletiko"ga qarshi bahsda o'ng qanotda o'ynaydi"
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone "Barselona"ga qarshi Ispaniya Kubogi chorak final javob uchrashuvidan kutayotganlari haqida so'zlab berdi.
Madridliklar mehmonda o'tgan birinchi o'yinda 0:1 hisobida mag'lub bo'lgan edi.
"Barselona" o'z o'yin uslubiga tayanmoqda. So'nggi uchrashuvlarda Messi o'ng qanotda harakat qildi, Suares esa markaziy zonada. O'ylashimcha, Neymar o'zini chap qanotda yaxshi his qiladi. Agar "Barselona" yaxshi o'ynashni xohlasa, Messi o'ng qanotda harakat qilishi kerak. Ular shunday o'ynashsa kerak" - deydi Simeone.
Eslatib o'tamiz, "Atletiko" va "Barselona" o'rtasidagi Ispaniya Kubogining chorak final javob uchrashuvi 28dan 29 yanvarga o'tar kechasi Toshkent vaqti bilan 01:00 da boshlanadi.

Fikrlar