Simeone "Madrid derbi"si haqida: "Qiyin o'yin. Ikkala jamoaga ham g'alaba qozonish uchun nimadir etishmadi"
29 sen 2019 07:30
Yangiliklar
Simeone "Madrid derbi"si haqida: "Qiyin o'yin. Ikkala jamoaga ham g'alaba qozonish uchun nimadir etishmadi"
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone La Liga 7-tur doirasida "Real" bilan bo'lgan to'qnashuv (0:0) borasida to'xtalib o'tdi.
"Ikkala jamoa uchun ham qiyin o'yin bo'ldi. Uchrashuv boshidan, himoyaga urg'u qaratganimiz ko'rinib turdi. Ikkinchi bo'limda, o'yin tenglasha bordi. Umumiy duranga mos bahs bo'ldi. Ikkala jamoaga ham g'alaba qozonish uchun nimadir etishmadi. Xatolarimiz ustida ishlash uchun ko'p vaqt talab etiladi. Xato qilish mumkin bo'lmagan vaziyatlarda ham qoqilyapmiz. Biz allaqachon ko'rsatib qo'ygan o'yinlarimizni yodga olishimiz zarur edi", – deydi Simeone.
Fikrlar