Simeone "CHelsi" futbolchisini o'z jamoasi tarkibida ko'rmoqchi
07 iyu 2019 17:52
Yangiliklar
Simeone "CHelsi" futbolchisini o'z jamoasi tarkibida ko'rmoqchi
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone shaxsan o'zi "CHelsi" himoyachisi Markos Alonsoga qiziqmoqda.
Alonso uni Evropa Ligasi finali qaydnomasiga kiritishmaganidan norozi. 28 yoshli ispaniyalik futbolchi La Ligaga qaytishni xohlamoqda. Alonso "Real" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
U yakunlangan mavsumda "CHelsi" libosida 39ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 7ta assistni amalga oshirdi. Uning londonliklar bilan tuzgan shartnomasi 2023 yil 30 iyungacha mo'ljallangan. transfermarkt.de futbolchini 45 million evroga baholamoqda.
Fikrlar