Simeone "Atletiko"ga hujumchi kerak ekanligini aytdi
23 avg 2021 13:54
Yangiliklar
Simeone "Atletiko"ga hujumchi kerak ekanligini aytdi
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone La Liga 2-tur doirasidagi "Elche" (1:0)ga qarshi o'yindan so'ng Madrid jamoasining muammolari haqida gapirdi.
"Mavsumga tayyorgarlik juda og'ir kechdi. O'yinchilarimiz juda ko'plab xalqaro o'yinlar, jumladan Janubiy Amerika o'yinlarini o'tkazishdi. Biz bu bilan ishlashimiz kerak.
Biz ikki o'yinchini xarid qilishni xohlayapmiz, bizga hujumchi kerak. Mos variantni izlaymiz. Agar topa olmasak, doim bo'lganidek ko'nikishga to'g'ri keladi", - deydi Simeone.
"Atletiko" La Ligada 2 turdan so'ng 6 ochko jamg'argan holda, jadvalda birinchi o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar