Simeone: "Atletiko" yangilanganidan so'ng ajoyib ishni bajardi"
27 noy 2014 11:16
Yangiliklar
Simeone: "Atletiko" yangilanganidan so'ng ajoyib ishni bajardi"
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone "Olimpiakos" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (4:0) o'z jamoasining g'alabasidan ko'ngli to'ldi.
"Biz so'nggi uchrashuvlarda juda yaxshi o'yin o'tkazdik. Bugun bir muvozanatda harakat qildik va raqibning kuchsiz tarafiga zarba berdik. Turnirdagi omadsiz startimizdan so'ng, futbolchilarimiz o'zini yaxshi ko'rsata oldi.
Klub yangilanib, 10 nafar futbolchi jamoaga kelganidan so'ng jamoa ajoyib ishni bajardi. SHu bilan birga raqobatbardoshligimizni saqlab qoldi. Oldinda juda ko'p muhim o'yinlar kutib turibdi, ammo asosiysi imkon berilgan futbolchining maydonda o'zini ko'rsata olishidir. Bizda ko'plab ijrochilar yaxshi formada, lekin asosiy tarkibga kirish oson emas" - deydi Simeone.
Fikrlar