Silva "Milan"ga qaytmaydi
11 mar 2020 01:54
Yangiliklar
Silva "Milan"ga qaytmaydi
"Calciomercato" nashri xabariga ko'ra, "Milan" klubi ijrochi direktori Zvonimir Boban istefogaga chiqqanidan so'ng, PSJ himoyachisi Tyago Silvaning "rossonerilar" safiga o'tishi amalga oshmaydigan bo'ldi.
35 yoshli braziliyalik futbolchining Parij klubi bilan amaldagi shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi va katta ehtimol bilan Silva yangi jamoa izlashga majbur bo'ladi. Avvalroq futbolchiga "Milan" qiziqish bildirayotgani va Boban Silva bilan bu mavzuda suhbatlashgani to'g'risida xabar berilgandi. Xorvatiyalik sobiq futbol yulduzining klub boshqaruv postidagi vazifasini tark etishi Tyago Silvaning "qizil-qoralar" tarkibiga qaytish ehtimolini keskin pasaytirib yuborgan.
Eslatib o'tamiz, Tyago 2009-2012 yillarda italyan jamoasi sharafini himoya qilgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Роналду нима учун овоз бермади? Португалия сардори FIFA The Best маросимини ўтказиб юборди
Fikrlar